Etakchilar bahsi oldidan: A Seriya 28-tur prevyusi
04 mar 2022 21:57
Yangiliklar
Etakchilar bahsi oldidan: A Seriya 28-tur prevyusi
"Inter" - "Salernitana"
Bu uchrashuvda Robin Gosens maydonga tushishi mumkin, Stefan De Vrey esa bahsni aniq o'tkazib yuboradi. SHuningdek, katta ehtimol bilan Xakan CHalxanoglu ham o'ynamaydi. Hujumda Jeko va Martinesni ko'ramiz. Davide Nikolaning esa boshi qotgan, chunki jarohat sababli bir qator futbolchilari safdan chiqqan.
1-davra bahsida "Inter" 5:0 hisobida "Salernitana"ni yanchib tashlagandi. Lekin "neradzurri" so'nggi 4 o'yinda gol urolmaganiga qaramay, jamoa hamon skudetto uchun poygada favoritlardan biri ekanini ko'rsatib qo'yishi lozim.
Inter Lautaro Martinez - 22', Lautaro Martinez - 40', Lautaro Martinez - 56', Edin Dzeko - 64', Edin Dzeko - 69' |
Serie A . 28-tur 05/03/2022, 00:45 0
:
5
Tugadi
|
Salernitana |
Stadion: Giuseppe Meazza, 46287 tomoshabin
Bosh hakam: Livio Marinelli
"Roma" - "Atalanta"
Serjiu Oliveyra "bo'rilar"ning markazini ancha kuchaytirgani sir emas. Portugaliyalik tovonidagi jarohat tufayli uchrashuvni o'tkazib yuboradi va jamoa uchun bu juda katta yo'qotish. Lekin Abraxamning ortida Mxitaryan bilan o'ynash uchun Dzanolo safga qaytgani quvonarli holat, albatta. "Atalanta" "Sampdoriya"ga qarshi ajoyib bahsdan so'ng, yaxshi kayfiyatda Rimga safar uyushtiradi. Tarkibdagi muammolar esa unchalik qo'rqinchli emas: Sapata va Muriel jamoasiga yordam bera olmaydi. SHu sababli, hujumda yana Bogani ko'ramiz. Kompeynars va Pashalich esa sal pasroqdan o'rin olishadi.
O'tgan uchrashuv "Roma" safardan g'alaba (4:1) bilan qaytgandi. SHuning uchun, "Atalanta" xatosini to'g'rilashga bor kuchi bilan harakat qiladi. Bukmekerlar hech qaysi jamoani favorit sifatida ko'rsatishmadi.
Roma Tammy Abraham - 32' |
Serie A . 28-tur 05/03/2022, 22:00 0
:
1
Tugadi
|
Atalanta |
Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 42303 tomoshabin
Bosh hakam: Davide Massa
"Yuventus" - "Speciya"
Massimiliano Allegrida yana tarkib bilan bog'liq muammolar: Dibala, Bernardeski va Zakariya jarohati tufayli o'ynamaydi. Himoya markazida De SHilo hamda Daniloni, hujumda esa Vlaxovich va Moratani ko'rishimiz mumkin. Sala safdan chiqqan bo'lsa-da, Mottaning tarkib bilan bog'liq ishlari deyarli joyida. Verdega hujumda Manay yordam beradi.
Birinchi davra uchrashuvida "Yuventus" mehmonda 3:2 hisobida g'olib bo'lgan. Hozir jamoaning o'yini unchalik yaxshi emas. Lekin qator jarohatlarga qaramay, "Yuve" asta-sekin kuchayib bormoqda. SHunday ekan, "keksa sinora" Turinda kerakli natijaga erisha oladi deb o'ylaymiz.
Juventus Alvaro Morata - 21' |
Serie A . 28-tur 06/03/2022, 22:00 0
:
1
Tugadi
|
Spezia |
Stadion: Allianz Stadium, 26475 tomoshabin
Bosh hakam: Francesco Fourneau
"Napoli" - "Milan"
"Napoli"ning lazareti borgan sari bo'shamoqda, ammo Angussi va Lozano o'ynamasligi aniq. Malkui maydonga tushishi esa so'roq ostida turibdi. Biroq Insine bilan hujumda kuchli juftlik tashkil qilishi mumkin bo'lgan Osimxenning formasi ancha yaxshilangan. Zlatan esa hamon davolanmoqda, shu sababli, oldingi chiziqni Jiru egallaydi. Tonallining jarohati jiddiy emas va startdan maydonga tusha oladi, bu esa "rossoneri" muxlislarini xursand qilishi aniq.
So'nggi o'zaro bahsda "Napoli" safardan g'alaba bilan qaytgan (1:0). Bu gal ham neapolliklar tajovuzkor o'ynashga harakat qilishadi, "Milan" esa o'zining tezkor qarshi hujumlari va ishonchli himoyasiga tayanashi lozim bo'ladi.
SSC Napoli |
Serie A . 28-tur 07/03/2022, 00:45 1
:
0
Tugadi
|
AC Milan Olivier Giroud - 49' |
Stadion: Diego Armando Maradona, 41000 tomoshabin
Bosh hakam: Daniele Orsato
"Fiorentina" - "Verona"
O'tgan tur o'yindan chetlatilgan Bonaventura uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Lekin quvonarlisi, malumotlarga ko'ra, Milenkovichning jarohati jiddiy emas ekan. Italyano hujum chizig'ini borgan sari formasi yaxshilanayotgan va kollektivda o'zini erkin his qilayotgan Ikone va Pentekga ishonadi. Igor Tudor jarohati borligi uchun Pandur va Davidovichni maydonga tushirolmaydi. SHuningdek, Velozu ham o'ynamasligi mumkin. Albatta, asosiy etibor faoliyatidagi eng samarali mavsumni o'tkazayotgan Simeonega qaratiladi, ammo Kaprari va Barak ham etiborga loyiq o'yinchilardir.
Oxirgi o'zaro uchrashuvda jamoalar 1:1 hisobida durang qayd etishgan. Hozir esa "fialkalar" favorit hisoblanmoqda, axir uyda o'ynashayotgani ham muxim omil bo'lib xizmat qiladi. Biroq jamoa chorshanba kuni Kubok doirasida o'yin o'tkazganini ham unutmaslik lozim. SHunday ekan, "Fiorentina"ni o'yinga raqibi kabi jismonan to'liq tayyor deyish qiyin.
Fiorentina Krzysztof Piatek - 10' |
Serie A . 28-tur 06/03/2022, 19:05 1
:
1
Tugadi
|
Hellas Verona Gianluca Caprari - 20' |
Stadion: Artemio Franchi, Firenze, 23491 tomoshabin
Bosh hakam: Gianluca Manganiello
Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi
Fikrlar