So’nggi yangiliklar

10:05Футбол олами. Суперлига-2025'га ким қандай тайёрланди?  2 09:53«Реал»нинг «Атлетико»га қарши баҳс учун қайдномаси эълон қилинди  3 09:25"Қизилқум"нинг 2025 йилги мавсум учун қайдномаси эълон қилинди   1 08:52Opta ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини янгилади  10 08:23Sofascore. Кечаги учрашувда Жалолиддин Машариповнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:54"Бухоро"нинг 2025 йилги мавсум учун қайдномаси эълон қилинди  2 07:27Элит ОЧЛ. Бугун «Пахтакор» «Ал Ҳилол»ни меҳмон қилади  6 04:32"Жар"да қорбўрон ўйнаган "Ал Ҳилол" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  6 04:28ОФК ЭЧЛ. "Ал Васл" ғалабани қўлдан чиқарди  0 04:15А Серия. "Ювентус" ғалаба қозониб, кучли тўртликка қайтди  3 01:11"Ал Ҳилол" устози: "Биз ушбу мусобақанинг финал баҳсида ўйнашни мақсад қилганмиз"  5 23:40Пицца тайёрловчи компания МЮ устидан кулди  10 23:11Озарбайжон. Абдихолиқов тўлиқ ўйнади, Жалолиддинов захирадан баҳсга қўшилди  2 22:58ОФК ЭЧЛ. Эрондаги баҳсда гол киритилмади, Машарипов захирадан майдонга тушди  4 22:34“Ал Ҳилол”нинг мусулмон футболчилари рўза тутишмоқдами?  12

Etakchi o'zgardi: A Seriya 27-tur yakunlari Yangiliklar

Etakchi o'zgardi: A Seriya 27-tur yakunlari

Italiya chempionatining navbatdagi tur uchrashuvlari ham nihoyasiga etdi.

"Yuventus" "Empoli"dan kuchliroq

Mehmonlar o'yinni juda faol boshlashdi. Uchrashuv avvalida Zakariya zarba berish uchun qulay poziciyaga chiqib bordi, lekin Vikario gol bo'lishiga yo'l qo'ymadi. "Yuventus" bosimni kuchaytirishda davom etdi, biroq uzoq vaqtgacha biror natijaga erimadi. Vaziyatlarning birida Rabo sherigiga to'pni oshirdi, Moyze Kin esa boshi bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi. Afsuski, "Yuve" futbolchilarining quvonchi uzoqqa cho'zilmadi. Oradan 5 daqiqa o'tib, Jurovskiy hisobni tenglashtirdi. Taym oxirida esa "byankoneri" yana oldinga o'tib oldi. Kuadrado ajoyib pas berdi, Vlaxovich esa himoyachilarni aldab o'tdi va gol urdi.

Tanaffusdan so'ng "Empoli" bir qator xavfli vaziyatlar yaratdi, biroq yana qarshi hujumga uchradi. Zaxiradan maydonga tushgan Morata oldindagi bo'sh zonada turgan Vlaxovichga to'pni oshirdi, u esa dubl qayd etdi. "Empoli" ortga chekinmadi va yana hujum qilishda davom etdi. Andrea la Mantia jarima maydonidan yaqin burchakni poyladi va ajoyib gol urdi.  Hujumchi yana gol urishi mumkin edi, lekin to'p darvoza ustuniga borib tegdi. Natijada "Yuventus" safardan g'alaba bilan qaytdi.


"Napoli" "Lacio"ni mag'lub etdi

O'yin Milinkovich-Savich - Pedro va Luis Alberto uchligining kombinaciyasi va ispaniyalik futbolchining zarbasi bilan yakunlangan hujum bilan boshlandi. "Napoli" bunga Zelinskiyning o'rta masofadan bergan zarbasi bilan javob qaytardi. Umuman olganda, 1-taymda xavfli vaziyatlar u qadar ko'p bo'lmadi. Ammo "Lacio" raqibiga qaraganda keskinroq hujum qilardi.

2-taym boshida Pedro ajoyib zarba berdi, lekin darvozabon to'pni qaytardi. "Napoli" esa shunday vaziyatda aniqlik bilan harakat qila oldi. Elmasning bergan pasidan so'ng, Lorenco Insine hisobni ochishga erishdi. U darhol dubl qayd etishi mumkin edi, biroq Osimxenning zarbasidan keyin qaytgan to'pga barchadan avval etib kelgan futbolchi o'yindan tashqari holatda bo'lgani qayd etildi. "Lacio" asta-sekinlik bilan maydondagi holatni tenglashtirdi. Ayniqsa, Pedro yaxshi o'ynadi va 88-daqiqada aynan u muvozanatni tiklashga erishdi. Uchrashuv durang bilan yakunlanadigandek edi, lekin Insine so'nggi daqiqalarda Ruisga ajoyib pas berdi. Fabian esa imkoniyatdan unumli foydalanib, gol urdi va "Napoli" 1-o'ringa chiqib olishiga katta yordam berdi.


"Milan" va "Udineze" murosa yo'lini tanlashdi

"Udineze" etakchilardan biriga qarshi uchrashuvni yomon boshlamadi. Qanotdan oshirilgan to'pga Betu boshi bilan zarba berdi, ammo Menyan to'pni ushlab qoldi. Mehmonlar ko'proq va turlicha hujum qilganiga qaramay, "rossoneri" hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Sandro Tonalli jarima maydoniga to'pni havodan etkazib berdi, Rafael Leao imkoniyatdan unumli foydalandi va A Seriyadagi 8-golini hisobiga yozdirib qo'ydi. Dias darhol Mesiasga pas berdi, ammo raqib himoyachisi to'pni olib qo'ydi. "Udineze" ham faqat himoyada "o'tirgani yo'q", mehmonlarning qanotdan bergan paslari ancha xavfli chiqdi, ammo gol bo'lmadi.

Tanaffusdan keyin "kichik zebralar" hujum qilishda davom etishdi va bir vaziyatda bu yaxshi natija berdi. Roberto Pereyra yaxshi pas berdi, Destini Udodji esa hisobni tenglashtirdi. SHundan so'ng "Udineze" yana qator xavfli zarbalar yo'lladi, lekin ular natija bermadi. "Milan" bu gal ham ochko yo'qotdi, "Udineze"ni esa chiroyli o'yini bilan tabriklasak ham bo'ladi.


"Atalanta" "Sampdoriya"ni tor-mor etdi 

Bergamo klubi ilk daqiqalardan omadini hujumdan izlay boshladi va 6-daqiqada Remo Froyler jarima maydoniga to'pni etkazib berdi, raqiblaridan chaqqonroq harakat qilgan Mario Pashalich esa hisobni ochdi. Mezbonlar hujumni kuchaytirishda davom etishdi va 29-daqiqada Pessinaning etkazgan to'pini Kopmeynars uzoq burchakka joylab qo'ydi. Pashalich dubl rasmiylashtirishi mumkin edi, ammo uning zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

Tanaffusdan so'ng hech narsa o'zgarmadi, "Atalanta" bosim qilish va vaziyatlar yaratishdan to'xtamadi. Boga raqib darvozasiga juda kuchli zarba yo'lladi, ammo kiper pand bermadi. "Sampdoriya" bunga Kaputoning zarbasi bilan javob qaytarmoqchi bo'ldi, lekin Musso qiyinchiliksiz to'pni ushlab oldi. Javob hujumida bergamoliklar yana gol urishdi. Zaxiradan maydonga tushgan Miranchuk chiroyli harakat bilan Kopmeynarsga to'pni oshirdi, u esa o'yindagi 3-golni urdi. SHunga qaramay, "Atalanta"ning bosimi kamaymadi va 86-daqiqada Miranchukning o'zi ham gol urishga muvaffaq bo'ldi. "Atalanta" "Yuve"ga yaqinlashib oldi. "Sampdoriya" esa 15-o'rinni egallab turibdi.


"Fiorentina" "Sassuolo"ga yutqazdi

"Inter" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng, "neroverdi"ning kayfiyati alo darajada. O'yinni juda faol boshlagan "Sassuolo" 19-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi: Traore to'pni uzoq burchakka joylab qo'ydi. Berrardi o'zi gol urishi mumkin bo'lgan vaziyatda Raspadoriga to'pni oshirdi, lekin sherigi gol urolmadi. "Sassuolo" esa bosimni kuchaytirdi, qanotdan uzatilgan to'pga Traore boshi bilan zarba berdi, biroq to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi. "Fiorentina" esa qarshi hujumlarni yo'lga qo'yishda muammolarga duch kelardi.

Tanaffusdan keyin "fialkalar" yanada dadilroq harakat qila boshlashdi. Avvaliga Pentek qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga to'g'rilab yuborishga yaqin keldi, keyin esa Konsilya Biragining jarima zarbasidan yo'llagan to'pini qaytarishga muvaffaq bo'ldi. "Fiorentina" hujumlarini Bonaventuraning chetlatilishi ham to'xtata olmadi va jamoa niyatiga etdi. Saponaraning uzatmasidan Artur Kabral to'pni darvoza to'riga yo'lladi. Uchrashuv durang bilan yakunlanadigandek edi, ammo "Sassuolo"ning rejalari biroz boshqacha edi. Qo'shib berilgan vaqtning so'nggi daqiqasida Berrardidan to'pni qabul qilib olgan Defrel bosh bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi. "Fiorentina" evrokuboklar zonasiga ko'tarilib olish imkoniyatini qo'ldan chiqardi, "Sassuolo" esa aksincha, o'sha yo'llanmaga yaqinlashib bormoqda.

SHuningdek, "Inter" - "Jenoa" bahsida hisob ochilmadi, "Roma" "Speciya"ni mag'lub etdi, "Verona" "Veneciya"dan kuchliroq chiqdi.


Sergey Rumyancev

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика