Essen: "Liverpul" bilan shartnoma imzolashim mumkin edi"
19 may 2020 18:08
Yangiliklar
Essen: "Liverpul" bilan shartnoma imzolashim mumkin edi"
Ozarbayjonning "Sabail" klubi xavbeki Maykl Essen "Liverpul"ga o'tishga yaqin bo'lgani haqida gapirdi.
"Bastiya"da o'ynagan paytim, menda ko'plab takliflar bo'lgan. Men Jerar Ule jamoani boshqarayotgan payti "Liverpul" bilan shartnoma imzolashim ham mumkin edi.
Men hatto murabbiy bilan uchrashish uchun Melvud ("Liverpul"ning mashg'ulot bazasi)ga ham bordim. Menga shundan so'ng boshqa takliflar ham kelib tushdi: "Marsel", PSJ, "Lion". Ammo men "Bastiya" rahbariyatiga klubdan ketishni xohlamayotganimni aytdim va ular ham meni qo'yib yuborishni xohlashmadi.
Angliyaga ko'chib o'tishga shoshilmayotgan edim. SHu sababdan "Lion"ning taklifini qabul qildim va shundan so'ng, yani 2005 yilda Mourinyu boshqarayotgan "CHelsi"ga o'tdim", - deydi ganalik.
Fikrlar