"Espanol"da ham 10 kishi koronavirusga chalingan
06 apr 2020 15:35
Yangiliklar
"Espanol"da ham 10 kishi koronavirusga chalingan
"Espanol" ustozi Abelardo Fernandes COVID-19 bo'yicha jamoadagi holat haqida gapirdi.
"Hozir bosh jamoadagi 10 nafar o'yinchida koronavirus aniqlandi - 8 futbolchi va 2 nafar murabbiy. Men o'zimni izolyaciya qilaman va haftada bir marta jamoa bilan uchrashaman.
Futbol haqida o'ylash oxirgi darajada, vaziyat juda ham murakkab", - deydi Abelardo.
Eslatib o'tamiz, "Espanol" La Ligada 20 ochko to'plagan holda jadvalning so'nggi pog'onasida bormoqda.
Fikrlar