"Espanol" prezidenti: "Kasilyani "Real"ga 3 mln. evroga sotmaymiz"
08 iyu 2015 20:12
Yangiliklar


"Espanol" prezidenti: "Kasilyani "Real"ga 3 mln. evroga sotmaymiz"
"Espanol" darvozabon Kiko Kasilya borasida "Real"dan rasmiy taklif olmagan.
Bu haqda klub prezidenti Joan Kollet malum qildi.
"Bu yolg'on va "Real"dan hech qanday taklif bo'lmadi. Bu xabardan hayron bo'ldim. "Real" bosh direktori bilan suhbatlashdik va u mendan Kasilya haqida so'radi, ammo muzokaralar bo'lgani yo'q. Gap bunday mablag' haqida ketishi juda kulgili. Bu pullar evaziga hech qanday transfer bo'lmaydi" - deydi Joan Koplet.

Fikrlar