So’nggi yangiliklar

13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  1 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  2 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  1 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  15 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  2 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  12 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  1 08:25Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Манчестер Сити" 2:2, Холланднинг голи ҳисобга олинмади  2 08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  10 07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  4 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2

"Espanol" - "Barselona" 0:2. Kataloniya derbisida mehmonlar g'alaba qozondilar! Yangiliklar

"Espanol" - "Barselona" 0:2. Kataloniya derbisida mehmonlar g'alaba qozondilar!

Ispaniya CHempionati 33-turidan o'rin olgan "Espanol" - "Barselona" uchrashuvining matnli translyaciyasi bilan shu erda tanishib borishingiz mumkin bo'ldi.


Espanol – Barselona 0:2

25 aprel, 19.00, Kornelya El Prat

Gollar:  0:1 – 17 Neymar, 0:2 – 25 Messi.

Espanol
– Kasilya, Duarte, Moreno, Gonsales, Alvares (Montanes, 74), Vaskes, Gonsales (Sevilya, 61), Kanyas, Arbilya, Garsiya, Kaysedo (Stuani, 70).

Barselona – Bravo, Dani Alves, Buskets, Pike, Alba, Rafinya (Mate, 65), Maskerano, Inesta (Xavi, 88), Neymar, Messi, Suares (Rakitich, 80).

Ogohlantirishlar:  Garsiya (22), Alba (54), Dani Alves (58), Arbilya (62), Vaskes (72), Kanyas (80), Buskets (83), Moreno (90).

CHetlatishlar:  Alba (54), Moreno (90).


Qiziqarli kechgan o'yinda mehmonlar 0:2 hisobida g'alaba qozondilar. Ushbu g'alaba bilan "Barselona" muxlislarini tabriklab qolamiz. Biz bilan birga bo'lganligingiz uchun tashakkur! "SA"dan uzoqlashmang! Bugun hali yana bir qancha matnli translyaciyalar kutib turibdi.


90+3. So'nggi zarba. "Espanol" futbolchisining jarimdan bergan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi. Hakam esa o'yinni yakunladi.


90+1. Ektor Moreno asabiylashgani uchun maydondan chetlatildi.


90. Hakam ikkinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 3 daqiqa qo'shib berdi.


88. Xavi maydonga tushishi bilan sardorlik bog'ichini qabul qilib oldi. SHuningdek, u bugun La-Ligadagi 500-o'yinida maydonga tushdi.


87. O'zgarish. Inesta o'rniga Xavi maydonga tushdi.


86. Xavfli vaziyayayayayatttt! Stuanining bergan zarbasini Bravo ushlab oldi! Ajoyib imkoniyat yuzaga kelgandi mezbonlar futbolchisida.


83. Endi Busketsga sariq kartochka ko'rsatildi. Raqib futbolchisini ushlab qolgani uchun.


81. Kanyas Busketsga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.


80. O'zgarish. Suares o'rniga Rakitich maydonga tushdi.


78. Mezbonlar futbolchisi tomonidan berilgan zarbani Bravo qiyinchilik bilan qaytarib qoldi. Zarba ham, seyv ham ajoyib chiqqandi!


77. Neymaaaaar! Braziliyalik futbolchi ajoyib tarzda raqib jarima maydoni tomon yorib kirib, to'pni Messiga uzatgandi. Ammo, himoyachilar taqibi ostida qolgan Leo hech narsa qila olmadi.


75. Zarbaaaaa!!! Stuaniiiii!!! Uning bergan zarbasi mehmonlar darvozasi yuqorisidan o'tib ketdi. Havfli vaziyat yuzaga kelgandi. Ammo, u nimagadir hakamga etiroz bildirmoqda.


73. Alvares o'rniga Montanes maydonga tushdi.


72. Lukas Vaskec simulyaciya uchun ogohlantirildi.


71. Kaysedo o'rniga Stuani maydonga tushdi.


70. "Barsa" futbolchilari yana bir hujumni amalga oshirishgandi. Ammo, mezbonlar himoyachilari jon-jahdlari bilan himoyalanmoqdalar!


67. Messining jarimadan bergan zarbasi raqib jonli devoriga tegib qaytdi.


65. Rafinya o'rniga Mate maydonga tushirildi.


62. Arbilya Neymarga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.


61. Mezbonlar tarkibida o'zgarish. Gonsales o'rniga Sevilya maydonga tushdi.


60. SHuningdek, ushbu holat yuzasidan hakamga etiroz bildirgan Dani Alves ham ogohlantirildi.


59. Messiga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun Alvaro Gonsalezga sariq kartochka ko'rsatildi.


57. Zarbaaaa! Messining bergan zarbasi darvoza ustuniga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi.


54. Xordi Albaga QIZIL KARTOCHKA ko'rsatildi! U hakamga nisbatan ochiqchasiga etiroz bildirgani uchun maydondan chetlatildi! Futbolchi to'pni jahl bilan urib yubordi.


53. Duarte maydon markazida Messiga nisbatan qo'pollik ishlatdi.


51. Neymarda hisobni oshirish uchun yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi. Ammo, darvozabon yana mahorat ko'rsatdi!


50. Malumotlarga qaraganda, Kataloniya derbisini 30 253 nafar tomonabin stadiondan tomosha qilmoqda.


49. Kaysedo tomonidan berilgan zarba havfli ko'rinish oldi. Ammo, yon hakam o'yindan tashqari holatni qayt etdi.


48. "Espanol" futbolchilari ketma-ket ikki marotaba burchak zarbasini amalga oshirishdi.


46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Umuman, ushbu o'yin derbi maqomini olgani uchun "Espanol"dan yaxshigina qarshilik kutilgandi. Ammo, mezbonlar o'zlaridan kutilgan o'yinni namoyish eta olmayaptilar.


IKKINCHI BO'LIM BOSHLANMOQDA!


TANAFFUS!


45. Birinchi bo'lim yakunlandi. Hakam to'xtalishlar uchun vaqt qo'shib bermadi.


45. Suarezning chamasi 25 metrlardan bergan zarbasi biroz noaniq ko'rinish oldi.


43. To'p nazorati bo'yicha statistika: 24% - 76%. O'yinda ustunlik "Barselona" tomonda.


40. Zarbaaaa! Neymarning zarbasi! Kasilyadan seyv! Suares unga ajoyib tarzda to'p oshirib bergandi.


36. "Espanol" futbolchilari qarshi hujum tashkil qilishga harakat qilishgandi. Biroq, Kaysedo to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi. Aks holda, havfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi.


35. Mezbonlar sardori Serxio Garsiya raqib darvozasi tomon reyd uyushtirishga harakat qildi. Biroq, mehmonlar himoyachilari unga imkon berishmadi.


33. Inesta maydon markazida raqib futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatdi.


31. "Barsa" yana oldinga o'tishga harakat qilmoqda.


28. "Espanol" futbolchilarining raqib tomon bergan ilk zarbasi muallifi Kaysedo bo'ldi. Uning zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.


25. GOOOOOLLLLL!!!! LEO MESSSIII!!!! Suaresdan to'pni qabul qilib olgan Messi o'tkir burchakda bo'lishiga qaramasdan to'pni darvozaga yo'lladi. Ustunga tekkan to'p esa darvozaning uzoq burchagiga borib tushdi. 0:2!


22. Serxio Garsiyaga ogohlantirish.


21. O'yinning aynan mana shu daqiqasida mezbonlarning sobiq futbolchisi Eternoni eslab o'tishdi.


18. Braziliyalik futbolchi chempionatdagi 19-golini kiritdi.


17. Zarbaaaa!!! GOOOOOL!!! NEYMAR! CHap qanotdan Albaning etkazib bergan to'pini Suarez o'tkazib yubordi. Neymar esa o'ziga etib kelgan to'pni darvozaga yo'llab hisobni ochdi! 0:1!


16. To'p nazorati bo'yicha statistika: 23% - 77%. Mehmonlar foydasiga.


13. Yana zarba! Darvozabonga qoyil! Ammo, ushbu vaziyatdan sal avvalroq Suarez o'yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan!


11. Zarbaaaaa!!! Messining to'p oshirishidan so'ng kutilmaganda Neymarda ajoyib imkoniyat yuzaga kelgandi. Ammo, uning yo'llagan zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.


9. Golning hidi kelmoqdaaaaa... To'p nazorati haliyam "Barsa" tomonda!


6. Havfli vaziyayayayayat! Messining to'p oshirishidan so'ng avvaliga Alba, keyinchalik esa Suares foydalana olmadi.


5. Neymar markazdan raqib darvozasi tomon yorib kirishga harakat qildi. Biroq, kutilmaganda yiqilib tushdi.


3. Zarbaaaaa! Darvozabon! Neymarning bergan zarbasini darvozabon qaytarib qoldi. Qaytgan to'pga esa uning jamoadoshlari etib kela olmadilar.


1. To'p nazorati hozircha mehmonlarda.

Demak, boshladik!

Mezbonlar o'zlarining oq-ko'k liboslarida harakat qilmoqdalar. "Barsa" esa qizil rangli libosda o'ynaydi!

Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda.

"Espanol" 42 ochko to'plagan holda turnir jadvalining 10-o'rnini egallab turibdi. 78 ochkoga ega "Barselona" esa  chempionat peshqadami hisoblanadi!

Eslatib o'tamiz, o'yinni shuningdek, www.aleziya.com sayti orqali ham tomosha qilishingiz mumkin.


Tahminlar bormi? Bugungi o'yin natijasi qay tarzda ko'rinish olarkin?

Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari! championat.asia'da futbol oqshomi davom etadi. Demak, navbatdagi o'yin "Espanol" hamda "Barselona" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi. Qiziqarli o'yin tomosha qilamiz degan umiddamiz!


O'yin soat 19:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика