Eshitdik-da! “Bunyodkor” 200 millionlik ish uchun CAS’ga 212 million so'm to'lashi kerak
02 avg 2021 12:09
Yangiliklar
Eshitdik-da! “Bunyodkor” 200 millionlik ish uchun CAS’ga 212 million so'm to'lashi kerak
O'FA qoshidagi Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mita, undan keyin esa O'FA apellyaciya qo'mitasi qarorlaridan qoniqish hosil qilmagan “Bunyodkor” futbol klubi Javlon Ibrohimov ishini Sport arbitraj sudiga oshirgandi.
Sport arbitraj sudi mazkur ishni o'rganib chiqish harajatlarini malum qildi va “Bunyodkor” futbol klubidan 20 avgust sanasiga qadar 18 ming SHveycariya franki talab qildi (taxminan 212 million so'm). Belgilangan muddat ichida klub shu pulni to'lab bermasa, sud ishni ko'rib chiqishni rad qiladi.
Malumot uchun, Javlon Ibrohimov ishida futbolchi klubdan 200 million so'm talab qilayotgandi.
Fikrlar