Eshitdik-da! Turkiya klubi "Navbahor" futbolchisini 10 baravar kam narxga sotib olmoqchi
17 iyu 2021 10:05
Yangiliklar
Eshitdik-da! Turkiya klubi "Navbahor" futbolchisini 10 baravar kam narxga sotib olmoqchi
Namanganning "Navbahor" klubi yarim himoyachisi Ehsoni Panshanbega Turkiya klubi qiziqib qolgani haqida xabar berilgan edi.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, Turkiya Superligasining "Xatayspor" klubi tojikistonlik futbolchi uchun malum miqdorda pul taklif qilgan. "Navbahor" klubi esa Panshanbe bundan anchagina qimmat turishini malum qilgan va transfer uchun 10 baravar ko'proq so'ragan. "Lochinlar" so'ragan pul uning transfermarkt portalidagi narxidan anchagina kam. Muzokaralar davom etmoqda.
Malumot uchun, transfermarkt portali Ehsoni Panshanbeni 550 ming evroga baholagan. Futbolchining "Navbahor" bilan 2022 yil oxirigacha shartnomasi mavjud.
Fikrlar