Eshitdik-da: Tojiev 2007, Mirzaahmedov 2008 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat terma jamoalarga bosh murabbiy bo'ladi Yangiliklar

Eshitdik-da: Tojiev 2007, Mirzaahmedov 2008 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat terma jamoalarga bosh murabbiy bo'ladi

2018 yil ilk marotaba O'zbekiston o'smirlar (2006) terma jamoasi, 2019 yil esa (2005) yoshlar terma jamoasi tuzilgandi.

2022 yil yana ikki terma jamoamizga asos solinadi. 2007 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat terma jamoaga 3 yildan beri "Odil Ahmedov" FAda muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan Zayniddin Tojiev bosh murabbiy bo'lsa, 2008 yilda tug'ilgan o'yinchilar termasini bir necha yil davomida yoshlar terma jamoalarida ishlagan va ayni paytda "Bunyodkor" jamoasida faoliyat yuritayotgan Miraziz Mirzaahmedov boshqaradi.

Eslatib o'tamiz, 2005 va 2006 yillar terma jamoasi ustozi bo'lgan Server Jeparov hozir bu postni tark etgan. Ayni paytda 2006 yillar bosh murabbiyi o'rni bo'sh. Bu vaziyatga oydinlik kiritar ekan, Ravshan Ermatov bir murabbiy ikki yosh toifasida faoliyat olib borishda qiyinchilikka uchraganini takidlab o'tgandi.

2005 yillarga Rauf Inileev bosh murabbiy etib tayinlangan.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика