Eshitdik-da! "So'g'diyona" jamoasi "Olimpik" hujumchisiga taklif bilan chiqdi
02 jan 2024 13:59
Yangiliklar
Eshitdik-da! "So'g'diyona" jamoasi "Olimpik" hujumchisiga taklif bilan chiqdi
Superliga klublari yangi mavsum uchun tarkibni shakllantirish jarayonini boshlab yuborishgan.
"Championat.asia" olgan malumotga ko'ra, o'tgan mavsumning 2-davrasini "Qizilqum"da o'tkazgan hujumchi (vinger) Muhammadali G'iyosovni Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi o'z safiga qo'shib olmoqchi. Jizzaxliklar transfer huquqi "Olimpik"ka tegishli G'iyosovni bir yilga ijaraga olishmoqchi va allaqachon bu borada taklif bilan chiqishgan.
Futbolchining "Olimpik" bilan kelishuvi 2024 yilning so'nggiga qadar mo'ljallangan. "Transfermarkt" portali Muhammadalining transfer summasini 250 ming evro deya baholagan.
Eslatib o'tamiz, M.G'iyosov o'tgan mavsum "Olimpik" va "Qizilqum" tarkibida jami 23ta o'yin o'tkazib, 7ta gol urdi hamda 1ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikrlar