Eshitdik-da! SHarof Muhitdinov Eron klubiga o'tmoqda
13 fev 2023 10:32
Yangiliklar
25 yoshli futbolchi ayni paytda Eronda bo'lib turibdi va yangi jamoasi "Sanat Naft" bilan shartnoma imzolashga yaqin.
SHarof Muhitdinov Abadan klubidagi uchinchi legionerga aylanadi. Jamoada undan tashqari, urugvaylik Sebastyan Piris va iroqlik Muhammad Mejer to'p tepadi.
Malumot o'rnida, braziliyalik murabbiy Edson Tavares qo'l ostidagi "Sanat Naft" ayni damda Eron Pro-ligasida 15-o'rinni band etib turibdi.
Muhitdinov o'tgan mavsum qarshiliklar tarkibida chempionat hamda kubok uchrashuvlarida 27 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol urgan va 3 ta golga assistentlik qilgan edi. Transfermarkt portali xavbekni 550 ming evroga baholagan.
Fikrlar