Eshitdik-da! "Paxtakor" gruziyalik legioner bilan kelishuvga erishdi
30 noy 2022 13:41
Yangiliklar


Eshitdik-da! "Paxtakor" gruziyalik legioner bilan kelishuvga erishdi
Bu haqda saytimiz jurnalisti Faxriddin Ro'ziev malumot beryapti.
"Paxtakor" AGMK yarim himoyachisi Giorgiy Papava bilan og'zaki kelishuvga erishdi. Gruziyalik futbolchi yangi mavsumni "sherlar" tarkibida o'tkazadi", — deyiladi "futbol ANALIZI" kanalida.
Malumot uchun, "Dinamo" (Tbilisi)ning ko'p yillik sardori yozda Olmaliqqa ko'chib o'tgan edi. U AGMK sharafini 16 o'yinda himoya qilib, o'z hisobiga bittadan gol va assist yozdirib qo'ydi. Tayanch zonasida to'p tepadigan Papava tez orada 30 yoshni qarshi oladi.
Eshitdik-da! "Paxtakor" Gana terma jamoasi azosini kuzatmoqda
O’xshash yangiliklar
00:30
"Andijon" klubi "Paxtakor"ning uch nafar futbolchisini o'z safiga qo'shib olganini elon qildi 9

Fikrlar