Eshitdik-da! O'FA Lopesdan avval ikki ispaniyalik futzal murabbiyi bilan muzokara olib borgan
21 sen 2023 15:03
Yangiliklar
Eshitdik-da! O'FA Lopesdan avval ikki ispaniyalik futzal murabbiyi bilan muzokara olib borgan
Malumotlarga ko'ra, O'FA Lopesdan avval ikki ispaniyalik mutaxassis bilan aloqaga chiqqan. Birinchisi — terma jamoa sobiq bosh murabbiyi Xose Mariya Mendes hisoblanib, associaciya uning "Benfika" bilan shu yilning mart oyida shartnomani bekor qilganidan so'ng birinchilardan bo'lib bog'langan. Biroq taklif rad etilgan.
SHuningdek, tashkilot avgust oyida "Betis" bosh murabbiyi Bruno Garsiya bilan bitim tuzishga uringan. Biroq ispan klubi 2024 yilgacha imzolangan shartnoma bandiga ishora qilib (unda murabbiyning tovon puli 250 ming evro etib ko'rsatilgan), har qanday muzokarani rad etishini malum qilgan.
Bruno Garsiya uchun Osiyo mamlakatlari begona emas. U ko'p yillar davomida Vetnam va Yaponiya futzal terma jamoalariga ustozlik qilgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar