Eshitdik-da! OCHLda "Al Hilol"ni mag'lub etgan murabbiy 2022 yilda Superligada ish boshlashga yaqin
11 noy 2021 10:05
Yangiliklar
Eshitdik-da! OCHLda "Al Hilol"ni mag'lub etgan murabbiy 2022 yilda Superligada ish boshlashga yaqin
Ayni paytda Dushanbening "Istiqlol" klubini ukrainalik murabbiy Vitaliy Levchenko boshqarib bormoqda.
Eshitishimizga qaraganda ushbu mutaxassisga O'zbekiston Superligasi klublaridan qiziqish bor. Agar muzokaralar muvaffaqiyatli tugasa yangi mavsumda Levchenko yurtimizda faoliyat olib boradi. Bundan tashqari Vitaliy Levchenko Usmon Toshevdan keyin bo'sh qolayotgan Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lish uchun ham nomzodlardan biri hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, "Istiqlol" ushbu murabbiy qo'l ostida bu yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida "Al Hilol", "SHabab Al Ahli" va AGMK klublarini ortda qoldirib birinchi o'rinni egallagandi. Nimchorak finalda Tojikiston chempioni Eronning "Persepolis" klubiga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Fikrlar