Eshitdik-da! "Nasaf" Zafar Xolmurodovni ishdan bo'shatdi
18 may 2015 15:45
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Nasaf" Zafar Xolmurodovni ishdan bo'shatdi
"Nasaf" yoshlari jamoasiga bosh murabbiylik qilib kelayotgan Zafar Xolmurodov istefoga chiqarilgan.
O'tgan mavsumdan buyon "Nasaf" yoshlariga bosh murabbiylik qilib kelayotgan Zafar Xolmurodov ayni paytda jamoa bilan birga emas. Ushbu mutaxassis yoshlar ligasining 9-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Metallurg" o'yinida ham ko'rinish bermagan. Bu bellashuvda "Nasaf" o'rinbosarlariga Rahmatilla Muhammadraximov boshchilik qilgandi.
Zafar Xolmurodovning nega istefoga chiqarilgani sabablari hozircha nomalum.
Eslatib o'tamiz, Zafar Xolmurodov qo'li ostida "Nasaf" yoshlari ushbu mavsumda 8 ta o'yin o'tkazishdi. Bularning to'rttasida g'alaba qozonishgan bo'lsa, ikkita uchrashuvda durang qayd etildi va yana shuncha bahsda imkoniyat boy berildi.
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar