Eshitdik-da! "Lokomotiv" Babayanning o'rniga SHackix yoki Baqoevni olib kelmoqchi
01 dek 2019 13:23
Yangiliklar


Eshitdik-da! "Lokomotiv" Babayanning o'rniga SHackix yoki Baqoevni olib kelmoqchi
Xabaringiz bor, "Lokomotiv" klubi ustozi Samvel Babayan Xitoyning "CHanchun Yatay" klubi bilan shartnoma tuzdi.
"Temiryo'lchilar" rahbariyati ayni paytda yangi bosh murabbiy izlamoqda. Eshitishimizga qaraganda Babayanning o'rnini Maksim SHackix yoki Ulug'bek Baqoev egallashi kutilmoqda.
Ulug'bek Baqoev bu yil 5-turda "So'g'diyona" bosh murabbiyiga aylangan va chempionatda klub bilan birga 4-o'rinni egalladi.
Maksim SHackix esa shu yilning avgust oyiga qadar Kievning "Dinamo" klubi bosh murabbiyi Aleksandr Xackevichga yordam berayotgan edi. 14 avgust kuni Kiev klubi rahbariyati Xackevich boshchiligidagi murabbiylar shtabini istefoga chiqargan edi. SHundan buyon SHackix ishsiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar