Eshitdik-da! Dostonbek Hamdamov terma jamoaning kengaytirilgan tarkibidan chiqarildi
15 mar 2018 09:00
Yangiliklar


Eshitdik-da! Dostonbek Hamdamov terma jamoaning kengaytirilgan tarkibidan chiqarildi
Xabaringiz bor, O'zbekiston terma jamoasi 23 va 27 mart kunlari Afrikada ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Oldinroq terma jamoa vaqtinchalik bosh murabbiyi Timur Kapadze ushbu o'yinlar uchun 30 nafar futbolchidan iborat kengaytirilgan ro'yxatni elon qilgan edi.
Ushbu ro'yxatdan "Bunyodkor" klubi yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamov ham o'rin olgan edi. Eshitishimizga qaraganda ayni paytda qaysi klubdaligi nomalum bo'lgan futbolchi ro'yxatdan chiqarilgan. Eslatib o'tamiz, Hamdamov Rossiyaning "Anji" klubi yig'inida ishtirok etgandi. Biroq klub uni premer-liga uchun ro'yxatdan o'tkazgani yo'q.
O'zbekiston terma jamoasi 23 martda Senegal, 27 martda Marokash bilan o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar
02:36
JCH-2026 saralashi. BAA O'zbekiston va Qirg'izistonga qarshi o'yinlar uchun tarkibini elon qildi 5

Fikrlar