Eshitdik-da! Dostonbek Hamdamov BAA klubiga o'tadi
07 jan 2021 20:38
Yangiliklar
Eshitdik-da! Dostonbek Hamdamov BAA klubiga o'tadi
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, Dostonbek Hamdamov yaqin kunlar ichida BAAning "Al Nasr" klubi bilan shartnoma tuzadi. Hamdamovning "Paxtakor" bilan shartnomasi 31 dekabr kuni yakuniga etdi.
Dostonbek bir necha kun davomida Dubayda oilasi bilan xordiq chiqardi va Toshkentga qaytib keldi. Tez orada futbolchimiz Dubayga shartnoma tuzish uchun boradi.
Malumot uchun, Dubayning "Al Nasr" klubi 1945 yilda tashkil topgan. O'z uy o'yinlarini 15058 tomoshabinga mo'ljallangan "Al Maktum" stadionida o'tkazadi. Jamoani ayni paytda xorvatiyalik Krunoslav Yurchich boshqarmoqda. BAA pro ligasida 12ta turdan keyin "Al Nasr" 24 ochko bilan musobaqa jadvalida 3-o'rinda bormoqda. Klub safida Rayan Mendes (Kapo Verde), Brandli Kuvas (Kyurasao), Dia Saba (Isroil), Toze (Portugaliya) kabi legionerlar faoliyat olib bormoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar