Eshitdik-da! Bobir Abdixoliqovga Rossiya va Germaniyadan qiziqish bor
07 avg 2022 00:07
Yangiliklar


Eshitdik-da! Bobir Abdixoliqovga Rossiya va Germaniyadan qiziqish bor
"Energetik-BGU" hujumchisi Bobir Abdixoliqovga Evropaning ikki klubi qiziqish bildirmoqda.
Ulardan biri - Rossiyaning "Sochi" klubi. Klub vakillari hujumchining so'nggi bir necha o'yinlarini kuzatgan, shu jumladan "Vitebsk"ka qarshi bahsini ham.
Ikkinchi klub esa - ikkinchi Bundesliga vakili "Gannover" klubi. Nemis klubidagilar qishga qadar hujumchini kuzatib, yanvarda tarkibiga qo'shib olishlari mumkin.
Eslatib o'tamiz, ushbu mavsum Abdixoliqov mamlakat chempionatining 16 o'yinida 17 gol va 5 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar