Eshitdik-da! Birinchi liga klubi Turkiyada yig'in o'tkazadi

Aziz Tukhtamuradov
4 iyul 2017, 12:21
Birinchi liga ishtirokchisi Quvasoyning "Cementchi" jamoasi aftidan joriy mavsum oliy ligaga chiqishga qattiq bel bog'lagan ko'rinadi.
Aytishlaricha klub prezidenti jamoa a'zolariga agarda birinchi davrani peshqadam sifatida yakunlashsa, Turkiyaga borib kelishlari uchun sharoit yaratib berishiga vada bergan.

Abdumalik Hakimov shogirdlari yakunda tanaffusga 1-o'rinni egallagan xolda chiqib ketdi. Endi jamoa a'zolari 10 iyul kuni yig'iladi. Ertasiga xorijga jo'nab ketiladi. Turkiyada jamoa a'zolari qisqa muddatli yig'in o'tkazadi yoki madaniy xordiq chiqarib qaytib kelishi ko'zda tutilgan.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia