Eshitdik-da! Belarus chempioni SHahzod Ubaydullaevni sotib oladi. Transfer summasi ham malum
09 jan 2021 22:02
Yangiliklar


Eshitdik-da! Belarus chempioni SHahzod Ubaydullaevni sotib oladi. Transfer summasi ham malum
O'zbekiston terma jamoasi va "Metallurg" klubi hujumchisi SHahzod Ubaydullaev tez orada legionerga aylanadi.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, 1998 yilda tug'ilgan hujumchi Belarus chempioni "SHaxtyor" klubiga transfer qilindi. Soligorsk klubi Ubaydullaev uchun "Metallurg"ga 150 ming AQSH dollari to'laydi.
Malumot uchun, "SHaxtyor" safida 2020 yilda o'zbekistonlik boshqa futbolchi Jasur Yaxshiboev to'p tepdi.
SHahzod Ubaydullaev 2019-2020 yillarda Superligada jami 50ta o'yinda maydonga tushib 13ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar