Eshitdik-da! Azizbek Turg'unboev "Paxtakor"ga o'tmoqda. Buning sababi bor
27 jan 2021 18:55
Yangiliklar


Eshitdik-da! Azizbek Turg'unboev "Paxtakor"ga o'tmoqda. Buning sababi bor
Namanganning "Navbahor" klubi yarim himoyachisi Azizbek Turg'unboev faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi.
Eshitishimizga qaraganda Turg'unboev Toshkentning "Paxtakor" klubiga transfer qilinadi. Yarim himoyachining "Navbahor" bilan 2023 yil oxirigacha shartnomasi bor va "SHerlar" uni sotib olishmoqchi. Transferdan tushgan pullarni Namangan klubi sobiq murabbiylar oldidagi qarzlarni to'lashga sarflaydi. "Navbahor"ning rossiyalik Aleksey Belenkov va Andrey Kanchelskis oldida qarzlari mavjud.
Eslatib o'tamiz, "SHerlar" 2019 yil avvalida ham Azizbek Turg'unboevni o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan. Biroq bu o'tish amalga oshmagan va yakunda futbolchining o'zi, Ilhom Mo'minjonov va Jafar Irismetov malum muddatga futboldan chetlatilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar