Eshitdik-da! Asqaraliev bilan Otaxonovning licenziyasi olib qo'yildi
07 iyu 2015 16:04
Yangiliklar

Eshitdik-da! Asqaraliev bilan Otaxonovning licenziyasi olib qo'yildi
"Andijon" - "Neftchi" o'yinidan so'ng farg'onaliklar ustozi Murod Ismoilov va mezbon jamoa o'yinchilari Ibrohim Otaxonov bilan Sanjar Asqaraliev o'rtasida janjal yuzaga kelgan.
Aytishlaricha, Ismoilov o'yin paytida Ibrohim Otaxonovni shaxsiyatiga tegadigan so'zlar bilan haqoratlagan, tabiiyki bunga bardosh bera olmagan futbolchi o'yin tugagach munosib "javob" qaytarishga uringan. Xolatga "Neftchi"ning sobiq o'yinchisi Sanjar Asqaraliev ham aralashgan. Xullas, Ismoilovni yuziga zarba bergan ushbu futbolchilarni hatti-xarakatiga PFL jazo tariqasida licenziyasini olib qo'ygan.
Otaxonov bilan Asqaralievga nisbatan keskin chora ko'rilishi ham mumkin ekan.
Eslatib o'tamiz, "Andijon" kecha Jizzaxda "So'g'diyona" mehmoni bo'lib 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Yuqoridagi ikki futbolchi esa hatto uchrashuv qaydnomasiga ham kiritilmadi.

Fikrlar