Eshitdik-da! Arslanmirat Amanov "So'g'diyona"ni tark etdi
31 iyu 2021 19:05
Yangiliklar
Eshitdik-da! Arslanmirat Amanov "So'g'diyona"ni tark etdi
CHempionatimizda yozgi transfer oynasi yopilishiga oz fursat qolayotganda jamoalarimiz tarkibida o'zgarishlar davom etmoqda.
Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi sharafini himoya qilayotgan Arslanmirat Amanov klubini o'zgartirdi. Futbolchi endilikda faoliyatini Turkmanistonning "Ahal" klubida davom ettiradi. Amanov birinchi davrada "So'g'diyona" safida 11ta bahsda maydonga tushdi va 1ta golga assistentlik qildi.
Eslatib o'tamiz OFK kubogi markaziy mintaqaning ikki guruhi g'oliblari "Nasaf" (O'zbekiston) va "Ahal" (Turkmaniston) o'rtasidagi o'yin Qarshida o'tkaziladi. 25 avgust kuni bo'ladigan mazkur o'yin g'olibi OFK kubogi yarim finaliga chiqadi.
Fikrlar