Eshitdik-da. “Andijon” muammolar girdobida
22 avg 2014 11:00
Yangiliklar
Eshitdik-da. “Andijon” muammolar girdobida
Oliy ligada turning jadvalining so'nggi pog'onasidan joy egallab turgan “Andijon”ning bugungi xolatiga xavas qilib bo'lmaydi.
Bunday jonkuyar ishqibozlarga ega bo'lgan jamoani quyi o'rinlarda yurishi yarashmaydi. Joriy yil o'zining 50 yillik to'yini nishonlaydigan “Andijon” yana birinchi ligaga tushib ketish xavfi ostida turibdi. Tabiiyki bu mahalliy muxlislarni ranjitayotgani bor gap. Birinchi davrada qimmatli ochkolarni boy bergan “burgutlar” buning natijasida yana autsayderlar qatoriga tushib qoldi. Yubiley to'yga munosib ravishda kurashchan jamoa tuzilishini kutgan ishqibozlar hamon “Andijon”ni ligada jon saqlab qolishidan umidvor bo'lib yuripti. Boshqaruv postiga taniqli murabbiy Sergey SHevchenkoni olib kelingani, muxlislarda umid uchqunini uyg'otgandek tuyulgandi. Biroq...
Olingan malumotlarga ko'ra, “Andijon”ni hamon qora butlutlar tark etmagan. Muammolar girdobida qolib ketayotgan jamoa yaqinda safarda “Mashal”ga yirik 1:6 hisobida mag'lub bo'lganidan keyin yana botqoqqa botayotgandek tuyulmoqda.
Gap shundaki, SHevchenko bilan hamon amalda shartnoma imzolanmagan. SHunga qaramay Sergey Yakovlevich vaziyatni o'nglash maqsadida eng shimarib ishga kirishgandi. Davralar oralig'ida tarkibni kuchaytirish maqsadida etiborga molik transferlar amalga oshirildi. Jamoa 15-turda o'z maydonida “Qizilqum”ni (2:0) mag'lubiyatga uchratganidan so'ng muxlislar engil tin ola boshlashganida, keyingi turdagi yirik mag'lubiyat ularni ko'nglini g'ash qilib qo'ydi. CHunki ishqibozlar “Andijon”ni Muborakda bu tarzda yirik hisobda mag'lub bo'lishini kutmagandi. Ularni safarda qo'llab-quvvatlash maqsadida borgan muxlislarning o'yindan keyingi xolatini o'zingiz tushunavering. O'z cho'ntagidan harajat qilib, jamoani qo'llab-quvvatlagani uzoq safarga borsayu, jamoa shu qadar xunuk mag'lub bo'lsa har qanday kishiga alam qiladi.
“Mashal”dan uchralgan mag'lubiyatda kimnidir aybdor qilib ko'rsatish qiyin. Lekin ishqibozlar jamoa posboni Temur G'anievdan ranjimoqda. CHunki bungacha yarim jamoa bo'lib kelgan 30 yoshli posbon, shu kuni o'z darvozasidan ajabtovur gollarni o'tkazib yubordi. Buning natijasida G'aniev zudlik bilan yoshlar tarkibiga o'tkazildi va kecha “Olmaliq” yoshlar jamoasiga qarshi kechgan bahsda Temur butun o'yin davomida darvozani qo'riqladi. Etiborlisi mazkur uchrashuvda ham andijonliklar o'z darvozasidan naqd 6 ta (!) to'p o'tkazib yubordi.
“Andijon”ning muammolar girdobiga tushib qolishining yana bir sababi rahbariyatda aniq bir shaxsning ishlamayotganidir. CHunki davralar oralig'ida “Andijon”da ilgari ham faoliyat yuritgan Mo'minjon Maqsudov va Rustam Abdievning yana jamoaga qaytganiga guvoh bo'lgandik. Lekin bilishimizcha ular rasman tasdiqdan o'tmagan. SHu bois ushbu nomlarni rasman “Andijon” rahbariyatiga kirita olmaymiz. Ular bilan ham huddi SHevchenko bilan bo'lgan holat. Ishni norasmiy kishilar qilsada, amalda bungacha rahbariyatda ishlab kelayotganlar ko'rsatilmoqda.
“Mashal” va “Bunyodkor”da tashkilotchiligi va mazmunli faoliyati bilan ko'pchilikni etiboriga tushga Aleksandr SHapran hamon “Andijon”da o'z ishini davom ettirayotgan bo'lsada, lekin Ivanovich ham bu erda o'zini ko'rsata olmayapti. Ehtimol uning “Andijon”da o'zi o'ylagan rejalarini amalga oshirishi uchun nimadir to'sqinlik qilayotgandir. Bilganimiz shuki, mahalliy muxlislar SHapranni klubdagi ishidan qoniqmayapti va uning istefoga chiqishini intizorlik bilan kutishmoqda. O'ylab ko'rsangiz, ukrainalik murabbiy SHevchenkoni “Andijon”ga umuman boshqa shaxslar taklif etgan. Demak, jamoa rahbari SHapran uni o'z xohishi bilan olib kelmagan ekan, qanday qilib ulardan birdamlikni kutish mumkin. Agar vaziyat bu ketishda davom etsa “Andijon” uchinchi bor yana birinchi ligaga tushib ketishi hech gap emas. Andijon futboli uchun bu achinarli xolat emasmi. “So'g'diyona”da vaziyat ijobiy tomonga o'zgarib borayotgan bir paytda “Andijon”da xolat hamon salbiy tomonga og'a boshlamoqda. Jamoaning taqdiri bilan kim qiziqadi?
Yaxshi bilamiz, viloyat hokimi SHuhratbek Abdurahmonov futbolning ashaddiy ishqibozi sanaladi. Jamoa uchun imkon qadar vaqt ajratib, hattoki mashg'ulotlarga ham tashrif buyurib, futbolchilar bilan muloqotda bo'lib qaytmoqda. Lekin klubdagi ijrochi rahbarlar oldida jamoani kuchlilar safida olib qolish uchun aniq ish rejasi bormi? Muxlislarni qiziqtirayotgan narsa ham aslida shu. Hamma ko'rpani o'zi xohlaganicha ustiga tortaversa, uning yakuni qanday kechadi?
Bilishimizcha “Mashal”dan uchralgan yirik mag'lubiyatdan so'ng jamoada parokandalik avj ola boshlagan. Bungacha mashg'ulotlarni o'zi olib borgan SHevchenko negadir mashg'ulotga chiqmayotgan ekan. Hattoki uning rasman klub azosi bo'lmagani uchun qarorgohda ovqatlanishiga ruxsat berilmagan ekan.
Mahalliy o'yinchilarning ayrimlari bilan ham oylik maoshlar bilan bog'liq muammo yuzaga kelgan. Futbolchilarga ham oson emas. Qalbaki shartnomalar bazida ularni sevimli kasbidan hafsalasini pir qiladi.

Fikrlar