So’nggi yangiliklar

10:30Германия МТЖ ҳужумчиси фаолиятини “Бавария“да давом эттиришига яқин  0 10:06“Реал“ етакчиси операциядан сўнг муддат футбол ўйнамаслиги маълум  16 09:40Тео Эрнандес “Ал Ҳилол“да қанча даромад қилиши маълум  1 09:18“Арсенал“ “Тоттенхэм“ қизиқаётган футболчини “илиб кетмоқчи“  0 08:52Янги келишувга кўра Роналдунинг “Ал Насср“даги маоши маълум  16 08:27Шомуродов келажаги борасида бир қарорга келди  15 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" ва "Ал Ҳилол" кейинги босқичга йўл олди  8 07:30Суперлига. Қаршида турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  9 01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни "янчиб ташлади"  37 01:24"Арсенал" Родригога альтернатив топиб қўйди  0 00:35Суперлига. "Андижон"дан сафарда камбэк!  1 00:27"Ливерпуль" футболчиси учун уч топ-клуб курашади  4 23:43Тер Штеген Франция сари йўл олиши мумкин  2 23:21Ҳаким Фузайлов: "Бешта гол урадиган ўйинимизда учта гол ўтказдик"  5 22:59Максим Шацких: "Бундай голлар ўтказмаслик керак"  9

Erve Renar: "Ob-havo bizga muammo tug'dirishi mumkin, ammo..." Yangiliklar

Erve Renar: "Ob-havo bizga muammo tug'dirishi mumkin, ammo..."

JCH-2022 saralashi doirasidagi O'zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvidan oldingi matbuot anjumaninin ikkinchi qismida Erve Renar va Muhammad Al Ovays ishtirok etdi.

"Barchaga xayrli kun. Bu o'yin guruhdagi eng muhim o'yinlardan biri. Oxirgi natijalar tufayli ham ertangi o'yin natijasi juda ham muhim. Ertaga faqat ijobiy natija uchun maydonga tushamiz", - deydi Erve Renar.

"Bilamizki birinchi o'rinni olgan jamoa 100 foiz keyingi bosqchiga chiqadi. Ikkinchi o'rin sohibi esa boshqa guruhlarga etibor qaratadi. Ertaga g'alaba qozongan jamoa katta ehtimol bilan guruh g'olibiga aylanadi. SHunday ekan biz faqat g'alaba uchun harakat qilamiz", - deydi Muhammad Al Ovays. 


- O'zbekistonning kuchli va kuchsiz tomonlarini aytib o'tsangiz. 

- O'zbekiston Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridan biri. Doim ularga qarshi o'ynash qiyinchilik tug'diradi. Marokash bosh murabbiyi bo'lib ishlaganimda O'zbekiston bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgan edik. O'shanda biz g'alaba qozongan bo'lsakda oson o'yin bo'lmagan edi. 


- O'zbekiston JCH-2022 saralashini omadsiz boshladi. Keyin murabbiy almashgach ikkita g'alaba qo'lga kiritildi va birinchi o'ringa chiqib oldi. Bunga raqib sifatida qanday munosabatda bo'ldingiz? 

- Falastinga qarshi safarda o'ynash doim qiyin bo'lgan. O'sha bahsda O'zbekiston yomon o'ynamagandi. Biz ham birinchi marta Falastinga qarshi safarda o'ynadik va juda ham qiyin durangga erishdik. Men Ektor Kuperni juda ham hurmat qilaman. 


- Ertaga stadionga ko'plab muxlislar keladi, bundan tashqari ob havo sovuq bo'lishi kutilmoqda. Bu omillar Saudiya Arabistoniga bosim o'tkazmaydimi? 

- Albatta ob havo bizga muammo tug'dirishi mumkin. Yurtingizda +3 daraja iliq ekan, shu bois ham ikki kun oldin O'zbekistonga etib keldik. Ammo unutmaslik kerakki 2020 yil iyul oyida Jidda shahrida javob bahsi bo'lib o'tadi. O'shanda juda ham issiq bo'ladi. 


- Siz Afrika qitasida bir qator terma jamoalarda ishladingiz. Endi esa Osiyoda ishlayapsiz. Qaysi qita sizningcha kuchliroq? 

- Turli xil qitalarida qatnashadigan jamoalarni taqqoslash uchun eng yaxshi yo'l bu Jahon chempionati. 2018 yil Rossiyada o'tgan mundialda Saudiya Arabistoni Misrni 2:1 hisobida mag'lub etgan edi. O'shanda Saudiya Arabistoni juda ham yaxshi o'yin namoyish etgan edi. 


- Terma jamoa bu saralashda ikki marta durang o'ynab muhim ochkolarni yo'qotdi. Natijada ikkinchi o'ringa tushib qoldi. Bu ertangi muhim bahsdan oldin bosim yuklamaydimi? 

Muhammad Al Ovays: - Osiyo qitasidagi barcha jamoalarning saviyasi o'sib bormoqda, shu bois ochko yo'qotish odatiy hol. Biz O'zbekiston terma jamoasini juda yaxshi bilamiz, bu mamlakat klublariga qarshi OCHLda ko'p o'ynaganmiz. Ertaga qiziqarli bahs bo'lishini kutayapman. Albatta havo sovuq, ammo chidab bo'lmaydigan darajada emas. Biz O'zbekiston terma jamoasi o'yinlarini ko'rib, o'rganib chiqdik. 

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика