So’nggi yangiliklar

08:03Шомуродов Туркиянинг қайси жамоаси билан музокара олиб боргани маълум  2 07:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Ювентус" "Ал Айн"га ҳеч қандай имконият қолдирмади  0 07:33Суперлига. Бугун 13-турга старт берилади  1 07:04Об-ҳаво сабабли 30 дақиқа учрашувда тўхталиш бўлган “Пачука“ — “Ред Булл Зальцбург“ учрашуви якунланди  0 04:24Илёс Зейтуллаев: "Бу кетишда италияликлар бизга эмас, ўзбек футболчилари Европага боришади"  2 04:22Баҳром Ҳайдаров: "Мураббий сифатида уларни айблай олмайман"  2 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ал Ҳилол" билан дуранг ўйнади. Вальверде 90+2 дақиқада пенальтини голга айлантира олмади  109 00:55Михаил Мудрик допингда айбланмоқда. У тўрт йилга четлатилиши мумкин  3 00:20Эндрю Робертсон Испания клубига ўтишга рози бўлди  2 23:45Неъматилло Қуттибоев: "Захирадан тушган футболчилар биз ўйлагандек ўйинни кучайтира олишмади"  0 23:23Элдор Мойлиев: "2003-2004 йилда туғилган футболчини ёш ҳам деб бўлмайди"  0 23:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Видад Касабланка"ни мағлубиятга учратди. Ҳусанов ўйнамади  35 22:30Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" пенальтилар сериясида "Қўқон-1912"ни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди  15 21:58U21 биринчилиги. Дербида "Пахтакор" ғолиб, "Навбаҳор" Қаршида ғалабага эришди ва бошқа натижалар (+ЖАДВАЛ)  2 21:54Бўш стадионлар борасидаги эътирозлар фонида ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ чипталари сотуви жуда яхши кетаётгани ҳақида хабар берди  2

Erudit Sport: 2016 yilning 5 kashfiyot futbolchisi Yangiliklar

Erudit Sport: 2016 yilning 5 kashfiyot futbolchisi

Erudit Sport o'z ananasiga binoan, mavsum yakunlariga ko'ra yil kashfiyotiga aylangan futbolchilarni saraladi.

Qayd etish joiz, joriy mavsumda ham bir qator yosh iqtidorlar porlab chiqishdi. To'g'ri, bu yilda yoshlar va o'smirlarimiz Jahon CHempionatlariga chiqa olishmadi, lekin futbolimizga yangi nomlar kirib keldi. Bugun bizning nazdimizda mavsum kashfiyoti bo'lgan 5 futbolchini saraladik.

JASUR YAXSHIBOEV 

Klubi:
Paxtakor.

Yoshi: 19.

Bahraynda bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo CHempionati ko'pchiligimizni xursand qildi. Jamoa Jahon CHempionatiga chiqa olmagan bo'lsa-da, futbolchilar ajoyib o'yin ko'rsatishdi. Bu tarkibda Jasur Yaxshiboev alohida ajralib turdi. Uning texnikasi va to'p uzatishlari haqiqiy professional futbolchilarni eslatib yuboradi. Jasur Paxtakor azosi hisoblanadi va Osiyo CHempionatidan keyin u klubining asosiy tarkibidan ham o'rin olishga intildi. Milliy terma jamoa futbolchilari bilan Janubiy Koreyaga qarshi o'yinga tayyorgarlik doirasida birga shug'ullanishga muvaffaq bo'ldi. SHu ketishda davom etsa, undan ko'p narsa kutsa bo'ladi.

DOSTON IBRAGIMOV

Klubi:
Dinamo.

Yoshi: 19.

Samarqandning Dinamo klubi futbolchisi Doston Ibragimov ham Bahrayndagi Osiyo CHempionatida porlab chiqdi. Yarimhimoyachi musobaqada 3 ta golga mualliflik qildi. Uning chap qanotdan uyushtirgan yurishlari ko'pchilikning yodida qolgan. Yaxshiboevdan farqli o'laroq Doston Dinamo safida Birinchi Liga o'yinlarida muntazam qatnashib keldi. U klubida ham  3 ta gol, 4 ta golli pas muallifi bo'ldi. Dinamo Oliy Ligaga chiqqanini inobatga olsak, Doston yangi mavsumda Oliy Ligada ham o'zini ko'rsatishi mumkin. SHuningdek, uning jamoadoshi Saidjamol Davlatjonov ham Birinchi Liga va Yoshlar o'rtasidagi Osiyo CHempionatida o'zini ko'rsatishga erishdi.


maqolaning qolgan qismini "Erudit Sport" saytida o'qish mumkin.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика