So’nggi yangiliklar

21:37"Реал" собиқ футболчиси Эден Азар ПСЖга ўтиши мумкин эди  0 21:10Расман: Достон Турсунов Гонконг клубига ўтди  2 20:30"Ал Насср" Коман учун "Бавария"га 30 миллион евро таклиф қилишга тайёр  1 20:01Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Индонезиядаги халқаро ўртоқлик турнирида иштирок этиш учун Меданга йўл олди. Таркиб маълум  1 19:06"Пахтакор" клуби спорт директори "Бунёдкор" стадиони майсаси ҳақида нима дейди?  9 19:00"Пахтакор-79" хотирасига ўтказиладиган учрашувга Россия терма жамоасидан Тошкентга кимлар келади?  13 18:17Суперлига 17-тур рамзий терма жамоаси  2 17:32Суперлигада 17-турнинг энг яхшилари   1 16:49"Бунёдкор" ва "Шўртан" ўзаро дуранг қайд этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 16:24Эксперт фикри. Миодраг Радулович: "Нефтчи" - "Насаф" натижасини олдидан айтиб бўлмайдиган ўйин, бу тур жадвалда жиддий ўзгариш қилиши мумкин"  4 16:18"Челси" ва "Ливерпуль" МЮнинг мақсадини илиб кетмоқчи  2 15:21"Арсенал" ва "Барселона" собиқ футболчиси Бразилия клубига ўтди  0 14:54Расман: МЮ Шешкони "Лейпциг"дан 76,5+8,5 млн еврога сотиб олди  5 14:14"Реал" Гонсало билан шартномани 2030 йилгача узайтирди. Ҳужумчи асосий жамоага ўтказилди  4 13:45"Манчестер Юнайтед" Шешко учун қанча тўлайди?  1

Ertakning yakuni murodli bo'ladi. Yaxshi ertak esa qayta-qayta eshitishlidir Yangiliklar

Ertakning yakuni murodli bo'ladi. Yaxshi ertak esa qayta-qayta eshitishlidir

Ravshan Haydarov jamoasiga oddiy chempionlik emas, qahramonlik nasib etdi. Bu 2-3 yillarda unutiladigan o'yin emas, yillar davomida qayta-qayta eslanadigan final bo'ldi. Yaratganning o'zi qo'llamasa, bunga muvaffaq bo'la olmasdik.

Ozodlikda gap ko'p, hikmat ko'p. Haydarov 10 yillar davomida o'z so'zini aytishga qiynaldi. U kamtar bo'ldi, ko'p gapirmadi va asosan “xop” dedi. SHuning uchun ham muntazam ishladi. Babayan bo'lsa — Babayan bilan, boshqasi kelsa — o'shanisi bilan. Kam bo'lmaysan shunday yursang deb o'rgatishardi va biz Haydarov misolida buni ko'rdik.

Uni ko'p tanqid qilganmiz, erkin fikrga ega emaslikda, biz istagan nomzod boshqa deb ayblaganmiz. Vaholanki, taqdirning o'zi unga shuni inom etgani haqida o'ylamadik. Hatto kechagi kunga qadar bunga o'zim ham ishonmasdim. Final nima bo'ldi? Ungacha bo'lgan yo'l jamoadan, murabbiydan. Biroq qorni hech birimiz yog'dira olmasdik, Haydarovning ko'ngliga 115-daqiqada oddiy bir futbolchini maydonga tushirishni sola olmasdik. Bularning barchasi tepadan bo'ldi. Yillar davomida eshitgan gaplariga mukofot sifatida Xudoning o'zi shunday qahramonlikni ravo ko'rdi. Tekis stadionda Vetnam darvozasiga 5 ta gol ursak ham, final 2—3 yilda esdan chiqardi. Biroq “qor jangi” unutilmas bo'ldi.

Ozodlik nima berdi? Haydarovning ishiga hech kim aralashmadi, na Babayan va na boshqasi. Va ko'rindiki, u o'ylaganimiz kabi o'z fikriga ega bo'lmagan inson emas. Otabek SHukurov va Eldor SHomurodovni o'ylab, ularga sharoit yaratib berganida insoniylikning kattasi yotibdi. Yutuq esa to'laligicha o'ziniki. Eng so'nggi isbot 115-daqiqadagi o'zgarish, boshqa gap bo'lishi ham mumkin emas. Iroq yoki Qatar murabbiyi shunday o'zgarish qila olmagani uchun ham, penaltilar seriyasidan keyin butun Vetnam bayram qilgandi. Final esa to'la-to'kis bizniki bo'ldi. Bitta o'yinni 4 soatda yakunlash ham, bir o'yinda ikki formada o'ynash ham, butun turnir davomida darvozaga zarba bermay, bitta zarbasi bilan qahramon bo'lish ham yana kimgadir nasib etmasa kerak.

Janubiy Koreya bilan o'yindan keyin futbolchilarga tashakkur bildirib, maqola yozgandim. CHunki ular ko'zidagi o't bilan yugurayotgan, g'ururi baland insonlar sifatida namoyon bo'lgandi. Siddiqovning shedevr paslari-yu, G'anievning zarbasigacha, Hamrobekov va Yaxshiboevlarning kuchigacha xursand qilgandi. Yani, yarim finalning o'zidan shu ruhda qaytsak ham, men futbolchilardan rozi bo'lib ulgurgandim. Biroq Xudoning o'zi yana bir bandasini, 10 yillar davomida qo'lida kishani bo'lgan Haydarovni ham qahramonlar safiga qo'shishni istadi va bugun biz uni tan olmoqdamiz.

Ha, uyaltirishdi. Biroq boshimiz egik yoki ko'nglimiz cho'kib qolgan emas. O'zbek futbolchilari bizni yillar davomida shunday mulzam qilishlariga shaxsan men rozi edim. Uyatdan qizarib, Haydarovni ko'rganda er yorilsa-yu, erning tagiga kirib ketsak mayli edi, deb o'ylashdan charchamaylik. Men va men kabilar shu ruhda davom etamiz, o'ylaymanki, futbolchilar ham endi shu yo'sinda — qaddi baland va g'ururi osmon bo'ladi, biroq oyoqlari erdan uzilmaydi. Barchamizga shunday bayramona kunlar qutlug' bo'lsin! Achchiq va yurakdan chiqadigan gaplar uchun uzr. Bugun o'sha yurak shodlik bilan to'lganida shularni aytgim keldi...

Muallif :
Reyting: +155   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика