So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Ertaga quvonchli kun: Osiyoda JCH-2022 saralash bosqichi start oladi Yangiliklar

Ertaga quvonchli kun: Osiyoda JCH-2022 saralash bosqichi start oladi

Ertadan Osiyo qitasi bo'ylab jahon chempionati havosi keza boshlaydi.

Sababai JCH-2022 saralash o'yinlarining birinchi bosqichiga start beriladi. Ushbu bosqichda 2019 yil 1 aprel sanasiga ko'ra FIFA reytingida 35-46 o'rinlarni egallagan jamoalar ishtirok etadi. Bular - Malayziya, Kambodja, Makao, Laos, Butan, Mo'g'uliston, Bangladesh, Guam, Bruney, Timor-Leste, Pokiston va SHri-Lanka. 

SHu yilning 17 aprel kuni OFK shtab-kvartirasida JCH-2022 saralash birinchi bosqichiga qura tashlandi. Unga ko'ra, 12ta jamoa ikkitadan oltita juftlikka ajratilgan. Uy-mehmon tarzida o'tadigan birinchi bosqichning dastlabki uchrashuvlariga ertaga start beriladi. Quyida juftliklarni eslatib o'tamiz: 

6 iyun. Mo'g'uliston - Bruney

6 iyun. Makao - SHri-Lanka

6 iyun. Laos - Bangladesh

6 iyun. Kambodja - Pokiston

6 iyun. Butan - Guam

7 iyun. Malayziya - Timor-Leste 

Javob bellashuvlari 11 iyunga belgilangan. Musobaqa nizomida ikkita o'yin natijasiga ko'ra g'alaba qozongan 6ta jamoa ikkinchi raundga yo'l olishi ko'rsatilgan. 5 sentyabrdan start oladigan JCH saralash ikkinchi bosqichida jami 40ta jamoa ishtirok etadi. Hozir shu jamoalardan 34tasi malum. Qolgan oltitasini 11 iyun kuni bilib olamiz. 

Ikkinchi bosqichda 40ta jamoa beshtadan 8 guruhga bo'linadi. Har bir guruh g'olibi hamda eng yaxshi ko'rsatkich qayd etgan to'rtta ikkinchi o'rin egasi uchinchi bosqichga yo'l oladilar. Uchinchi bosqichda 12ta jamoa 6tadan ikki guruhga bo'linib, har bir guruhdan birinchi-ikkinchi o'rin egalari to'g'ridan-to'g'ri mundial yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Uchinchi o'rinni olgan jamoalar dastlab o'zaro, undan keyin g'olib Okeaniya, Janubiy Amerika yoki SHimoliy Amerika vakiliga qarshi yarimta yo'llanmani hal qilish uchun ikkita o'yin o'tkazadi. 

SHuni aytish lozim, ikkinchi bosqich saralash o'yinlariga 17 iyul kuni qura tashlanadi. Qura jarayonida FIFA reytingidan kelib chiqib O'zbekiston 2-savatchada bo'ladi. 1-savatchadan  joy oladigan jamoalar: Eron, Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni va Xitoy. Bundan ko'rinib turibdiki, mana shu jamoalardan biri aniq bizning guruhda bo'ladi. 

Reyting: -42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика