Ertaga "Neftchi" uchta o'yin o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
18 may 2018, 12:41
Ertaga "Neftchi" PFK jamoalari ishtirokidagi 3 ta o'yin bor. Katta futbol kunida "Neftchi" U-18, futzal va ayollar jamoalari uy uchrashuvlarini o'tkazishadi.

Quyida ertagalik bahslar haqida ma'lumot beramiz

"NEFTCHI" U-18'NING ILK O'YINI

18 yoshgacha bo'lgan jamoalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati bahslari start olmoqda. Sherzod Zokirov bosh murabbiyligidagi "Neftchi" U-18 jamoasi chempionatning birinchi turida Qarshining "Nasaf" jamoasi bilan raqobat olib boradi. Mazkur bellashuvga Qirgulidagi "Neftchi" SK stadioni mezbonlik qiladi. O'yin soat 10:00da start oladi.  

AYOLLAR FUTBOLI

Baxodir Qosimov shogirdlari g'olibona ruhda galdagi turga yaqinlashishmoqda. 19 may kuni tushdan so'ng ayollar jamoamiz ham kurashga kirashadilar. Soat 15:00ga "Neftchi" - "Buxoro" o'yini belgilangan. Ushbu uchrashuv ham Qirgulidagi stadionda o'tkaziladi.

FUTZALCHILARIMIZ UCHUN MUHIM O'YIN

Musobaqa jadvali yetakchilari bilan ketma-ket to'qnash kelayotgan futzalchilarimiz bu gal "Paxtakor"ni Farg'onada qabul qilishadi. AGMK maydonidan bitta g'alaba va bitta mag'lubiyat bilan qaytgan Farrux Zokirov shogirdlarini jiddiy bellashuv kutmoqda. Agar farg'onaliklar "Paxtakor" futzalchilaridan ochko olishsa, turnir jadvalida yuqorilash uchun yanada yaxshi imkoniyatga ega bo'lishadi. "Neftchi" - "Paxtakor" o'yini "Neftchi" futbol maktabining zalida soat 18:00da boshlanadi.

Jamoalarimizga bo'lajak bahslarda omad tilash bilan birgalikda, millionlar o'yini muxlislarni ushbu uchrashuvlarga chorlab qolamiz!!!

"Neftchi" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Нефтчи” матбуот хизмати