Ertaga final!
28 fev 2018 20:58
Yangiliklar


Ertaga final!
Xabaringiz bor, Andijon shahrida pro-liga va ikkinchi liga jamoalari o'rtasida Viloyat hokimi Kubogi-2018 musobaqasi bo'lib o'tmoqda.
Bugun turnirning yarim final bellashuvlari bo'lib o'tdi. Unga ko'ra, «Andijon» va «Iftixor» jamoalari final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. SHu bois ertaga Andijon shahrining SHo'rbuloq dahasida joylashgan «Futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internati»ning maydonida final o'yini bo'lib o'tadi. Uchrashuvning boshlanish vaqti soat 12:00ga belgilangan. Qiziqarli kechishi kutilayotgan o'yinga muxlislarni ham chorlab qolamiz.
«Andijon» matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar