Errerin "Atletik"dagi 8 mavsumdan so'ng klubdan ketadi
11 may 2021 09:52
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/636264_original.jpg)
![](/upload/storage/636264_220.jpg)
Errerin "Atletik"dagi 8 mavsumdan so'ng klubdan ketadi
Bilbaoning "Atletik" klubi darvozaboni Yago Errerin mavsum so'nggida klubdan ketadi.
Bu haqda klub rasmiy matbuot xizmati xabar bermoqda. Keyingi yili 34 yoshni qarshilaydigan futbolchi basklar libosida 119ta o'yinda maydonga tushdi, ammo joriy mavsumda hali maydonda harakat qilmadi.
Darvozabon "qizil-oqlar" libosida Ispaniya Superkubogiga ega chiqdi. U umumiy miqdorda jamoada sakkiz mavsum to'p tepdi.
"Atletik" ayni dam La Liga turnir jadvalida 9-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar