Erreraga MYUdagi maoshi kamlik qilyapti

Aslanov Jasurbek
23 noya 2018, 12:10
"Manchester Yunayted" rahbariyati yarim himoyachi Ander Errera bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erisha olgani yo'q.

29 yoshli futbolchining mankunianlar bilan bitimi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi, demak, u jamoani erkin agent sifatida tark etishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, ayni damda Errera haftasiga 85 ming evro ishlab topmoqda. "Manchester Yunayted" ispaniyalik futbolchiga hozirgisidan biroz ko'p bo'lgan maosh taklif qildi, ammo bu Erreraga yoqmadi. Oldinroq, unga "Atletik" qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi.

Xavbek joriy mavsum MYU safida APLning 6ta uchrashuvida ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail