So’nggi yangiliklar

10:00“Барселона“ қизиқаётган футболчи “Реал“га ўтиб кетиши мумкин  1 09:37МЮ Виктор Гёкерешни қўлдан чиқарганидан сўнг Германиядан ҳужумчи олиб келмоқчи  3 09:11Виктор Гёкереш АПЛнинг бошқа жамоаси сабабли МЮнинг таклифини қабул қилмади  7 08:44Суперлига. Бугун 12-тур якунланади  3 08:17"Бунёдкор" ва "Пахтакор" ўртасида бўлиб ўтган Тошкент дербисидан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:00Суперлига. "Қизилқум" - "Сўғдиёна" ва ОКМК – "Шўртан" ўйинларида мухлислар гол кўришмади. "Бунёдкор" ва "Пахтакор" ўйинида эса иккита гол урилди  0 07:51“Рома“ асосий ҳужумчисини сотувга қўяди  6 07:17Янги форматдаги клублар ўртасидаги ЖЧ старт олди. Илк баҳсда "Интер Майами" Миср жамосига қарши баҳс олиб борди  9 04:07Элдор Мойлиев: "Устунлик рақибда, омад эса биз томонда бўлди"  1 03:41Илёс Зейтуллаев: "Бугун "Пахтакор"дек жамоага қарши ўйнадик, Качори бир метрдан гол урганда, ҳисоб 2:0 бўларди"  2 00:09Миржалол Қосимов: "Бугунги ўйинга баҳо – 2"  5 23:20ЦСКАнинг янги бош мураббийи маълум  2 22:52Ильгиз Танташев бошчилигидаги ҳакамлар бригадаси "Боруссия" иштирокидаги ўйинни бошқаради  4 22:34Камолиддин Тожиев: "Бугун бутун мавсумга етадиган вазият яратдик, тўп дарвозага киришни истамади"  20 22:04Иммобиле А Серияга қайтадими?  2

Eronning yangi bosh murabbiyi: "Biz yanada kuchayib qaytamiz" Yangiliklar

Eronning yangi bosh murabbiyi: "Biz yanada kuchayib qaytamiz"

Teglar :  EronDragan Skochich
Eron terma jamoasini yaqinda Dragan Skochich qabul qilib oldi.

Malumki, eronliklar JCH-2022 saralash bosqichida kutilgan natijani qayd eta olishmayapti. Jamoa safarda Iroq va Bahraynga imkoniyatni boy bergan holda guruh jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi. 

Mark Vilmots o'rniga taklif etilgan xorvatiyalik murabbiy Eron terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqishga vada berdi. 

"Avvalo shuni aytishim kerak, Eron terma jamoasini boshqarish men uchun katta sharaf, - deydi Dragan Skochich. - Bu yurt futboli haqida tasavvurga egaman va futbolchilarini kuchli deb hisoblayman. Men Eronga ijobiy xislatlar ulashish uchun keldim, bu esa ayni paytda terma jamoaga nihoyatda kerak". 

"Biz oltinchi bor mundialga borishni xohlaymiz, shuning uchun ham bu erga keldim. O'ylashimcha, terma jamoada nimadir xato ketgan, buni to'g'rilash esa mening vazifamga kiradi. Bugundan boshlab 24 soat davomida klublar bilan muloqotda bo'laman. Terma jamoaga loyiq har bir futbolchi bilan alohida gaplashaman", - deydi 51 yoshli mutaxassis.

 

Malumot uchun, Dragan Skochich o'z paytida Eronning "Malavan" va "Fulad" klublarini boshqargan hamda mamlakat futbolini juda yaxshi biladi. 

"Terma jamoa eshigi hamma uchun birdek ochiq. Men faqat eng yaxshilarnigina taklif etaman. Avvalo o'yin sifatini yo'lga qo'yib olishimiz lozim. Bazi o'yinlarda ko'rdimki, muammolar bor va mart oyigacha buni yo'qotish ustida ishlaymiz. Mana ko'rasiz, biz yanada kuchayib qaytamiz. Men besh yildan beri Eronda ishlab kelyapman va jahon chempionatiga chiqish muxlislarni qanchalik xursand qilishini juda yaxshi tushunaman".

 

Eron Bahrayn va Iroqdan mag'lub bo'lib qimmatli ochkolarni boy berdi. Ayni paytda forslar Iroqdan 5 ochko, Bahrayndan esa 3 ochko ortda qolishyapti. Malumot uchun, JCH-2022 saralashning hozirgi bosqichida 32 jamoa kurash olib boryapti. Jamoalar to'rttadan 8 guruhga bo'lingan. Guruhlardan 8ta birinchi o'rinni egallagan hamda 4ta eng yaxshi ikkinchi o'rin egalari keyingi bosqichga chiqadi. 

Eron saralashning navbatdagi uchrashuvini 26 mart kuni Gonkonga qarshi o'tkazadi. Lekin baribir hal qiluvchi o'yinlar 4 va 9 iyun kunlari Bahrayn va Iroqqa qarshi bo'lib o'tadi.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика