Eronning Liviya bilan o'yini bekor qilindi
01 mar 2018 12:41
Yangiliklar


Eronning Liviya bilan o'yini bekor qilindi
Eron terma jamoasi jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Liviya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi lozim edi.
Lekin mazkur bahs bekor qilindi. O'yin 15 mart kuniga belgilab qo'yilgandi. Liviya futbol federaciyasi bu vaziyatni quyidagicha izohladi: o'yin o'tkazilmaydi, chunki biz 15 mart FIFA kuni bo'lmagani uchun legionerlarni yig'a olmaymiz.
Eronning Liviyani tanlashiga sabab bu jamoaning o'yin uslubi Marokashga o'xshaydi. Malumki, Eron va Marokash terma jamoalari jahon chempionatida bir guruhda kurash olib borishadi. Bundan tashqari, forslar JCHda Ispaniya va Portugaliya bilan ham o'ynaydilar.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar