Bo'yi deyarli 2 metr bo'lgan eronlik futbolchi "Metallurg"ga o'tdi

Aslanov Jasurbek
15 iyul 2023, 22:14
Davralar oralig'ida "Metallurg" himoyasini kuchaytirishda davom etmoqda.

Narzulla Saydullaevning xabar berishicha, Bekobod klubi Eronning "Naft" klubi sardori va himoyachisi Rizo Yazadandustni o'z safiga qo'shib olgan.

Bo'yi 196 santimetr bo'lgan Yazadandust 31 yoshda.

Oldinroq, Abduraimov, Ubaydullaev va Shoyqulov "Metallurg"da ekanligi haqida xabar bergan edik.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia