Eronda ayollarga futbol uchrashuvlariga kirishga rasman ruxsat berildi
30 iyu 2023 20:20
Yangiliklar
Eronda ayollarga futbol uchrashuvlariga kirishga rasman ruxsat berildi
44 yil davom etgan cheklov bekor qilindi.
Eronda ayollarning futbol uchrashuviga kirishi bilan bog'li taqiq olib tashlandi. Bu haqda Eron futbol federaciyasi rahbari Mehdi Toj malum qildi.
"Ayollar futbol uchrashuvlariga kirishlari mumkin. Milliy xavfsizlik kengashi shunday qaror qabul qildi. Endi ishchi guruh buni qanday amalga oshirish bo'yicha ish olib boradi", -deydi Mehdi Toj.
Malumot uchun, Eronda 1979 yildan beri ayollarning futbol uchrashuvlariga kirishi taqiqlangandi. Oxirgi vaqtlarda ayollarni o'yinlarga kiritish holatlari uchrab turgandi. Bu qaror endi rasman tasdiqlandi.
Fikrlar