Eron YHXB boshlig'i terma jamoa futbolchilarining import qilingan mashinalariga davlat raqami berilmasligini aytdi
10 dek 2023 18:50
Yangiliklar
Eron YHXB boshlig'i terma jamoa futbolchilarining import qilingan mashinalariga davlat raqami berilmasligini aytdi
Ushbu taqiq AQSHda ishlab chiqarilgan avtomobillarga tegishli hisoblanadi.
Rahur policiyasi rahbari Sardor Kamol Hadianfar Eron terma jamoasi futbolchilarining mamlakatga xorijdan import qilingan mashinalari uchun davlat raqami berilmasligini aytdi.
"Biz hukumatning mashinaga davlat raqami berish bo'yicha aniq qarorini ko'rmagunimizcha, futbol bo'yicha milliy terma jamoa o'yinchilari tomonidan import qilingan mashinalarni ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat bermaymiz.
Bizda, shuningdek, hashamatli va Amerika avtomobillariga raqam bermaslik buyrug'i bor, shu bois bunga ruxsat bera olmaymiz. Ushbu avtomobillarning ayrimlarida bojxona muammolari ham mavjud. Hozircha ularning hech biri ro'yxatga olinmagan", dedi policiya boshlig'i.
Fikrlar