Eron xorijdan kelgan ayollarni futbol o'yiniga kiritadi

Narzulla Saydullayev
8 mar 2015, 11:27
Eron erkak futbolchilari o'rtasidagi xalqaro o'yinlar vaqtida xorijdan keladigan ayollarni stadionga kiritishga qaror qildi.
Bu haqda Eron futbol Federatsiyasi rahbari Ali Kaffashian xabar qildi.

"Biz 2019 yil bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi uchun da'vogarmiz. Agar musobaqa bizga topshirilsa barchaga qulaylik yaratib beramiz", - deydi Ali Kaffashian.

Ayni paytda Eron BAA bilan Osiyo Kubogini qabul qilish uchun kurash olib bormoqda. Biroq FIFA prezidenti Yozef Blatter erkaklar ishtirokidagi musobaqalarga ayollarning kiritilmasaligi tufayli Eronning imkoniyatini tushrib yuborishi mumkinligini aytdi.

Xalqaro xotin-qizlar kunidan oldin Blatter 2013 yilda Eron prezidenti Hasan Rouxanidan ayollarni stadionga kirishlarini so'ragandi, biroq yakunda kelishuv amalga oshmagandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: euro-football.ru