So’nggi yangiliklar

07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  0 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  6 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  3 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2

Eron "Traktori" yoxud "Nasaf"ning bugungi raqibi haqida Yangiliklar

Eron "Traktori" yoxud "Nasaf"ning bugungi raqibi haqida

“Nasaf” bugun Qarshida Tabrizning “Traktor Sozi” jamoasini qabul qiladi.
Oxirgi yillarda Eronda etakchilar o'rniga paydo bo'lgan jamoalardan biri yaqindagina murabbiyini almashtirdi. Bu o'zgarish qanday tasir qilganini bevosita bellashuvda ko'rib olish imkoniyatiga ega bo'lamiz.

Ozarbayjon millatiga mansub aholi istiqomat qiladigan Tabriz shahrida futbolga etibor kuchli. Mavsum mobaynida “Traktor Sozi”ning 80 ming muxlisga mo'ljallangan stadioni 4-5 marta deyarli to'ladi. Eronda oxirgi yillarda avvalgi grandlar o'rnini “Fulad”, “Traktor Sozi” va “Naft” singari jamoalar egallab borishmoqda. Tabrizliklar o'tgan yili Eron Kubogini qo'lga kiritishdi.
Jamoa safida asosan mahalliy futbolchilar o'ynashadi.

Eng mashhur o'yinchi sifatida Andranik Teymuriyanni ko'rsatish mumkin. U Osiyo Kubogida yaxshi o'yin namoyish etdi. Legionerlardan senegallik darvozabon Ndoye va braziliyalik hujumchi Edino bor. Ularni o'ta yuqori saviyada o'ynaydi deb bo'lmas, lekin jamoaviy o'yinda asosiy tarkib futbolchilariga aylanib ulgurishgan. “Traktor” ayni paytda turnir jadvalida 5-o'rinda boryapti, lekin birgina g'alaba bilan yuqorilab olish imkoniyatiga ega. CHempionlik uchun kurashda jamoa faol kurashga kirishgan.

“TRAKTOR SOZI” FUTBOL KLUBI
Laqabi:
“qizil bo'rilar”
Tashkil etilgan vaqti: 1970
Stadioni: “SHahand”, 80833 tomoshabinga mo'ljallangan
Egasi: Eron traktor sanoati kompaniyasi
Boshqaruvchisi: Said Abbosi
Bosh murabbiyi: Toni Oliveyra (Portugaliya)
Sovrini: Hazfi Kubogi sohibi (2014).

Bosh murabbiy Antonio Oliveyra avval ham “Traktor Sozi” jamoasida ishlagan. O'tgan yili uni bo'shatib yuborishgandi, lekin fevral oyida tabrizliklar rahbariyati tajribali mutaxassisni yana ishga taklif qilishdi. U jamoa bilan Qarshida dastlabki sinovdan o'tadi.

Antonio OLIVEYRA
Tug'ilgan sanasi:
14.10.1946
Tug'ilgan joyi: Anadiya, Portugaliya
Futbolchilikdagi ampluasi: yarim himoyachi
O'ynagan jamoalari: 1965–1968 “Akademika”, 1968–1981 “Benfika”, 1977   “Kuiksilverz”.
Portugaliya terma jamoasida 1969–1978 yillarda 33 uchrashuvda 1 to'p kiritgan.
Boshqargan jamoalari: 1982–1987 “Benfika” (yordamchi), 1987–1989, 1992-1994 “Benfika”, 1994–1995 “Bordo”, 1995–1996 “Sevilya”, 2000–2002 “Benfika”, 2002–2003 “SHenyan Jinde”, 2003 “Al Ahli”, 2007–2008 “Al Ittifoq”, 2008–2009 “SHarja”, 2010–2011 “Al Ittihod”, 2012 yildan “Traktor Sozi”da. O'tgan yili ishdan bo'shab, shu yilning fevral oyida yana taklif etildi.

Darvozabonlar
1. Hamid Lak
40. Muhammad Ramazonian
44. Issa Ndoye (Senegal)

Himoyachilar
2. Muhammad Eronpurian
3. Habib Gordani
4. Holid SHafiiy
23. Mirxani Hoshimi
69. Mehdi Qurayshi
88. Fardin Abidini

Yarim himoyachilar
6. Mehdi Kiani
7. Saman Jahon
12. Muhammad Rahmatulloh
14. Andranik Teymuriyan
18. Ahmad Kamdar
27. Farshad Ahmadzoda
77. Said Ag'ayi

Hujumchilar
8. SHahin Sag'ibi
9. Farid Karimi
10. Edino (Braziliya)
19. Mehrdod Bayrami
21. Muhsin Delir
29. Peyman Keshavarz
35. Peyman Babayi


Behzod NAZAROV tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика