Eron terma jamoasining O'zbekistonga qarshi uchrashuv uchun qaydnomasi malum
15 mar 2025 17:50
Yangiliklar
Eron terma jamoasining O'zbekistonga qarshi uchrashuv uchun qaydnomasi malum
Eron 20 mart kuni Tehrondagi "Ozodi" stadionida BAAni qabul qiladi va 5 kundan so'ng xuddi shu stadionida O'zbekiston bilan bellashadi.
Darvozabonlar — Payam Niyazmand, Muhammad Halife.
Himoyachilar — Milad Muhammadi, Omid Nurafkan, Ali Nemati, Daniyal Iri, Hussayn Kanoni, Amin Hazbavi, Arya Yusufi.
Yarim himoyachilar — Muhammad Mohebbi, Mehdi Gaedi, Saman Goddos, Said Izzatullohi, Muhammad Gorbani, Sayid Muhammad Karimi, Alirizo Jahonbahsh, Ali Golizoda.
Hujumchilar — Mehdi Taremi, Javad Hussaynejad,, Ali Alipur, Sardor Azmun.

Forslar 16 ochko bilan "A" guruhida peshqadamlik qilmoqda va O'zbekistondan 3 ochko oldinda boryapti. BAA esa 10 ochko bilan 3-o'rinni egallab turibdi.
Eron – O'zbekiston qarama-qarshiligi 25 mart kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.
Avvalroq Eron terma jamoasi hujumchisi mavsum davomida og'riq qoldiruvchi vositalar bilan o'ynab kelayotgani haqida xabar berilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar