So’nggi yangiliklar

Eron terma jamoasi oktyabr oyida yana Toshkentga keladimi? Yangiliklar

Eron terma jamoasi oktyabr oyida yana Toshkentga keladimi?

Teglar :  EronCAFA
Xabaringiz bor, 11 sentyabr kuni O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda Eron bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Karlush Keyrush boshchiligidagi jamoa sentyabr oyidagi FIFA kunlarida faqat biz bilan uchrashuv o'tkazadi.

Eron terma jamoasining wikipedia.org saytidagi sahifasiga tashrif buyurganimizda 8-16 oktyabr kunlari Toshkentda bo'lib o'tadigan CAFA Championship musobaqasida ishtirok etishi qayd etilgan.



Bu maluotni tekshirish maqsadida CAFA bosh kotibi Sanjar Rizaev bilan bog'landik.

"CAFA oktyabr oyida Toshkentda musobaqa o'tkazishni rejalashtirayotgani bor gap. Faqat bu erkaklar emas ayollar o'rtasidagi musobaqa bo'lishi kutilmoqda. Hozircha musobaqani o'tkazishning moliyaviy masalalari hal qilinmoqda, agar barchasi ijobiy tugasa oktyabr oyining ikkinchi yarmida O'zbekistonda ayollar o'rtasidagi musobaqa bo'lib o'tadi", - deydi Sanjar Rizaev.

Demak, Eron erkaklar terma jamoasi oktyabr oyida Toshkentga kelmaydi. Wikipedia saytidagi malumot noto'g'ri ekanligi oydinlashadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi oktyabr oyidagi FIFA kunlari vaqtida KXDR va Qatar terma jamoalari bilan Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazadi.


Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика