So’nggi yangiliklar

12:17"Манчестер Юнайтед" устози Ямайка терма жамоаси бош мураббийига айланади  0 11:55Ўртоқлик учрашуви. "Милан" - "Реал Мадрид" 1:0, Чуквуэзе "Реал" ҳимоячиларини шошириб қўйди  1 11:50"Ювентус" Николас Гонсалесни сотиб олмоқчи  1 11:25Саудия Арабистони 48 терма жамоа иштирок этадиган ЖЧ-2034ни 5 та шаҳарда ўтказмоқчи  3 11:01«Арсенал» яна бир йирик трансфер бўйича иш бошлади  4 10:44ПСЖ мавсумдаги илк йирик харидини амалга оширди — Фабрицио Романо  1 10:28Ўзбекистонлик ҳакамлар чорак финалнинг марказий учрашувини бошқариб боришади  5 10:09Ўртоқлик учрашуви. Бешта гол киритилган баҳсда МЮ испан клубини қийинчилик билан мағлуб этди  2 10:07«Андижон»нинг янги легионери: «Бизда Кубокни ютиш учун яхши имкон юзага келган ва бундан фойдаланиб қолишга ҳаракат қиламиз»  2 09:41Зафармурод Абдираҳматов: "Тарихимиздаги биринчи олимпиадада фақат иштирок билан чекландик"  7 09:14«Милан» «Реал»ни , «Ливерпуль» «Арсенал»ни мағлуб этди. «Челси»дан эса йирик ғалаба  10 08:45МЮнинг 70 миллион евролик харидининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  5 08:13Элдор Шомуродов терма жамоамизнинг олимпия ўйинларидаги иштироки ҳақида фикр билдирди  11 07:45Шунчаки қойил! 6 очкодан маҳрум бўлган Канада аёллар терма жамоаси плей-оффга йўл олди. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  2 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  2

JCH-2018. Eronliklar munosib o'yin ko'rsatib, Portugaliya bilan durang qayd etishdi Yangiliklar

JCH-2018. Eronliklar munosib o'yin ko'rsatib, Portugaliya bilan durang qayd etishdi

Eron hamda Portugaliya terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2018 guruh bosqichining 3-tur uchrashuvi yakunlandi.

Eron - Portugaliya 1:1

Gollar: Ansarifard 90+3 - Kuarejma 45.

Eron: 1.Alirizo Beyranvand, 23.Ramin Rizoyan, 19.Majid Hussayni, 8.Murtazo Puraliganji, 3.Ehson Xojisafi (Milad Muhammadi 56), 6.Said Izzatullohi (Ansarifard 76), 18.Alirizo Jahonbahsh (Goddos 70), 17.Mehdi Tarimi, 9.Omid Ibrohimi, 11.Vohid Amiri, 20.Sardor Azmun.

Portugaliya: 1.Ruy Patrisiu, 6.Joze Fonte, 21.Sedrik Suaresh, 3.Pepe, 5.Rafael Gerreyru, 20.Rikardo Kuarejma (Bernardu Silva 70), 14.Vilyam Karvalyu, 23.Adrien Silva, 10.Joau Mariu (Moutino 84), 9.Andre Silva (Gedesh 90+5), 7.Krishtianu Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Xojisafi 50, Azmun 50 - Gerreyru 33, Kuarejma 64, Ronaldu 83, Sedrik 90+7.

Urilmagan penalti: Ronaldu 52.

Gollarni bu erdan ko'chirib olasiz: TELEGRAM

Iran

Karim Ansarifard - 90'

World Cup Grp. B . 3-tur

25/06/2018, 23:00

1
:
1
Tugadi

Portugal

Ricardo Quaresma - 45'

Stadion: Mordovia-Arena, 41685 tomoshabin

Bosh hakam: Enrique Caceres

45'
90'
52'  Ehsan Haji Safi
54'  Sardar Azmoun
56'  Ehsan Haji Safi (Milad Mohammadi)
70'  Alireza Jahanbakhsh (Saman Ghoddos)
76'  Saeid Ezatolahi (Karim Ansarifard)
90'  Karim Ansarifard
33'  Raphael Guerreiro
45'  Ricardo Quaresma
45'  Adrien Silva
53'  Cristiano Ronaldo
64'  Ricardo Quaresma
70'  Ricardo Quaresma (Bernardo Silva)
83'  Cristiano Ronaldo
84'  Joao Mario (Joao Moutinho)
90'  Andre Silva (Goncalo Guedes)
90'  Cedric Soares


YANGILASH


Yo'q. hakam boshqa vaqt qo'shmadi. Uchrashuv yakunlandi!

90+7. Eronliklar raqibni juda noqulay ahvolga solishmoqda. Hujum ketidan hujum. Osiyoliklar sensaciyaga yaqin, biroq ularga ozgina vaqt kerak.

90+5. O'zgarish. Andre Silva o'rniga Gonsalo Gedesh.

90+4. TAREMIIII!!!! Mehdi 7 metrdan chap oyog'i bilan raqib darvozasiga zarba berdi. Biroz noaniq!

90+3. ANSARIFARD!!!!! GOOOOOL! Ansarifard darvozabon to'pni ololmaydigan qilib, zarba berdi! 1:1

90+2. PENALTI! HAKAM 11 METRLI NUQTANI KO'RSATDI!

90. Portugaliyalik futbolchi o'z maydonida to'pni qo'li bilan o'ynadimi? Hakam va VAR referisi buni aniqlash uchun bir necha daqiqa sarflashmoqda.

84. Joau Mariu o'rniga Joau Moutino maydonga tushdi.

82. Ronaldu eronlik futbolchiga tirsagi bilan zarba berdi. Hakam esa VAR tizimi orqali vaziyatni qaytadan ko'rdi. Demak, Ronaldu sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

80. Futbolchilar asabiylashib, bir-biri bilan janjal qilishga ham tayyor turishibdi. Eronga 2ta gol kerak, Portugaliya esa shu hisobni saqlab qolish niyatida.

75. Eronlik futbolchi raqib maydonida yiqildi, hakam o'yinni davom ettirish kerakligini aytdi. Karlush Keyrush esa VAR tizimini ishga solishni so'radi, ammo referi bu ishni qilmadi.

72. Zarbaaa!! Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Goddos Patrisiu darvozasini ishg'ol qilishga urindi, zarba biroz noaniq.

70. O'zgarish. Kuarejma o'rniga Bernardu Silva maydonga tushdi.

69. Eronliklar raqibdan to'pni olish uchun maydonning har ikki tomonida ham pressing uyushtirishmoqda.

66. Ronaldu o'z uslubida - chap qanotdan markazroqqa o'tib darvoza tomon zarba berdi, to'p yo'nalishi noaniq.

64. Kuarejma raqib futbolchisidan o'ch olishga urindi, hakam sariq kartochka berib, unga o'zini bosishni taklif qildi.

58. Eronliklar hujumga o'tishdi. Ular katta kuch bilan raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yaratishga urinishmoqda.

56. O'zgarish. Xojisafi o'rniga Milad Muhammadi maydonga tushdi.

55. Karlush Keyrush kostyumini o'rindiqqa tashlab, maydonni tark etdi. U chetlatildimi?

52. To'p qarshisida Ronaldu. ZARBAAA!!!! ALIRIZO BAYRANVAND!!! Krishtianu darvozani ishg'ol qila olmadi.

51. Hakam VAR tizimi orqali eronliklar darvozasiga penalti belgiladi.

50. Ronaldu jarima maydonchasida yiqildi, hakam o'yinni davom ettirish kerakligini ko'rsatdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS!

45.GOOOOOOOLLL! Rikardu Kuarejmaaaaa! Kuarejma o'zining sevimli uslubida - oyoqning tashqi qismi bilan zarba berib, hisobni ochdi. Juda chiroyli gol!

43. Eron terma jamoasi ikki qobiqli himoya tashkil qilgan, uning birinchisiga markazdan o'tishingiz bilan duch kelasiz, ikkinchisiga esa jarima maydonchasiga yaqin joyda.

40. Ronaldu 30-35 metr uzoqlikdan raqib darvozasini nishonga oldi. Alirizo Beyranvand to'pni osonlikcha "egarladi".

34.ZARBAAA! Uzatmadan so'ng Izzatullohi bosh bilan darvozaga zarba berdi. Ruy Patrisiu to'g'ri joy tanlab, jamoasini goldan qutqardi.

33. Sariq kartochka. Rafael Gerreyru ogohlantirildi. U Jahonbahshga qo'pollik ishlatdi. Portugaliya terma jamoasi darvozasi oldida standart.

22. Rizoyan ijro etgan zarba davroza ustidan o'tib ketdi.

20. Eron terma jamoasi standart ishlab oldi. Darvozagacha masofa taxminan 26 metr.

16. Ronaldu ijro etgan zarba jonli devordagi Azmunga tegib, yo'nalishini o'zgartirdi.

15. Parallel tarzda o'tayotgan bahsda hisob ochildi. Bizda esa qoidabuzarlik qayd etildi. To'p qarshisida Ronaldu.

13. Asabiylashishdan so'ng eronliklar posboni Alirizo Bayranvand ikki marta to'pni qo'lidan chiqarib yubordi.

9. Eronliklar bir-biri bilan kelisha olmay qolishdi. Izzatulohi Bayranvandni eshitmay to'pni tepib yuborishga harakat qildi, natijada qo'pol xato yuzaga keldi, ularning baxtiga raqib vaziyatdan unumli foydalana olmadi. Alirizo va Izzatulohi janjallashib qolishdi.

7. Eron terma jamoasining ajoyib hujumi noaniq zarba bilan yaunlandi. Amiri hujumga nuqta qo'ya olmadi.

5. Bahsning ilk besh daqiqasida Ronaldu bitta aniq zarba berdi. Alirizo Beyranvand seyv ijro etdi.

1.UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Portugaliyaga bu bahsda durang ham etarli, ammo eronliklar faqat g'alaba evaziga keyingi bosqichga chiqishi mumkin.

- JCH-2018ning navbatdagi o'yiniga xush kelibsiz. Super uchrashuvni super saytda kuzatib borishga tayyormisiz?

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика