Eron Osiyo Kubogining eng bo'yi baland jamoasi. Xitoy ikkinchi, O'zbekiston esa...
09 jan 17:44
Yangiliklar
Eron Osiyo Kubogining eng bo'yi baland jamoasi. Xitoy ikkinchi, O'zbekiston esa...
Terma jamoalar musobaqaga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini olib borishmoqda.
OK-2023da ishtirok etuvchi terma jamoalarning o'rtacha bo'yi malum qilindi. Unga ko'ra, musobaqadagi futbolchilarining o'rtacha bo'yi eng baland bo'lgan terma jamoa Eron. Forslarning o'rtacha bo'yi 183.81 sm. Bu borada ikkinchi o'rinda balki ko'pchilik uchun kutilmaganda Xitoy (183.19). O'zbekiston terma jamoasi esa roppa-rosa 180 sm o'rtacha bo'y bilan bu borada qita birinchiligida 10-pog'onada turibdi. Vetnam esa 175.38 sm bilan musobaqadagi eng bo'yi past jamoa bo'lib turibdi.
Guruhdoshlarimizdan biri Avstraliya 182.38 sm bilan OKning beshinchi bo'yi baland jamoasi bo'ldi. Qizig'i, Yaponiya ham bizdan bitta yuqori o'rinda turibdi (180.50).
Osiyo Kubogi-2023 terma jamoalarining o'rtacha bo'yi:
1. Eron - 183.81 sm
2. Xitoy - 183.19 sm
3. Iroq - 182.73 sm
4. Koreya Respublikasi - 182.54 sm
5. Avstraliya - 182.38 sm
6. Livan - 181.54 sm
7. Falastin - 181.35 sm
8. Qirg'iz Respublikasi - 180.96 sm
9. Yaponiya - 180.50 sm
10. O'zbekiston - 180.00 sm
11. Indoneziya - 179.65 sm
12. Saudiya Arabistoni - 179.38 sm
13. Suriya - 179.35 sm
14. Gonkong - 179.27 sm
15. Iordaniya - 179.23 sm
16. Malayziya - 178.92 sm
17. Qatar - 178.88 sm
18. Tojikiston - 178.81 sm
19. Bahrayn - 178.77 sm
20. O'mon - 177.96 sm
21. Hindiston - 177.35 sm
22. BAA - 177.00 sm
23. Tailand - 176.31 sm
24. Vetnam - 175.38 sm.
Eslatib o'tamiz, Qatardagi Osiyo Kubogi 12 yanvardan 10 fevralga qadar bo'lib o'tadi. Srechko Katanec boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi musobaqadagi yurishini 13 yanvar kuni Suriyaga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.
Fikrlar