Eron Osiyo kubogidan avval ikkita nazorat uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirgan
27 okt 2023 01:10
Yangiliklar
Eron Osiyo kubogidan avval ikkita nazorat uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirgan
Forslar JCH-2026 saralash bosqichida O'zbekiston bilan bir guruhdan o'rin olgan.
Eron terma jamoasi 2024 yilning boshida start oladigan Osiyo kubogi oldidan Yaponiya va Indoneziyaga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirgan.
Mazkur o'yinlarga qadar Amir G'alinoi shogirdlari Gongkong va O'zbekistonga qarshi jahon chempionati saralash bahslarida ishtirok etadi.
2024 yilning yanvar-fevral oylarida o'tkaziladigan Osiyo kubogiga tayyorgarlik doirasida jamoa Yaponiyaga qarshi o'yin o'tkazish bo'yicha muzokara olib bormoqda. Agarda tomonlar murosaga kelishsa, ikki mamlakat xorijda to'p tepadigan futbolchilarisiz o'zaro bellashadi.
SHuningdek, forslar Osiyo kubogi doirasidagi ilk o'yinidan sakkiz kun ilgari Indoneziya bilan yopiq uchrashuv o'tkazadi.
Fikrlar