Eron OFKga shikoyat qildi
23 fev 2018 11:38
Yangiliklar
Eron OFKga shikoyat qildi
Ummon poytaxtida bo'lib o'tgan "Istiqlol" - "Al Hilol" bahsidan oldin Erondagi aviahalokat sabab bir daqiqalik sukut saqlashga kelishib olingandi.
Biroq Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi futbolchilari bir daqiqalik sukut saqlash uchun maydon markaziga kelishmadi, hamma o'z joyida turib oldi. Hatto hakamlar ham ularni chaqirishga urinib ko'rdi, biroq bu ham o'xshamadi.
Natijada Eron futbol federaciyasi OFKga "Al Hilol" ustidan shikoyat qildi. Lekin hozircha OFK ushbu shikoyat yuzasidan Eron FFga rasmiy javob yo'llagani yo'q.
Malumki, o'tgan haftaning yakshanba kuni Eronda tumanli ob-havo sabab samolyot qulab tushgan va buning oqibatida 66 kishi halok bo'lgandi. O'yinda "Istiqlol" raqib ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi va mag'lubiyat sabab "Al Hilol" bosh murabbiyi Ramon Dias darhol ishdan olindi.
O’xshash yangiliklar
20:55
U-23 Osiyo Kubogi. Eron bilan durang o'ynadik. Guruhdan chiqish masalasi oxirgi turga qoldi 120
18:59
Osiyo Kubogi U-23. O'zbekiston joy olgan guruhda Janubiy Koreya va Eron murosa ko'chasini tanladi 6
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar