Eron klublari OCHL-2020da qatnashmasligi mumkin
19 jan 2020 13:07
Yangiliklar
Eron klublari OCHL-2020da qatnashmasligi mumkin
"Bugun Eron futbol Federaciyasi Ijroqo'mining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tadi. Unda mamlakat klublarining Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etish masalasi ko'rib chiqiladi.
Agar OFK Eron klublariga uy o'yinlarini Eron hududida o'tkazishga ruxsat bermasa forslar OCHLdan voz kechishlari mumkin.
Ushbu holat yuz bersa OCHL-2020 guruhlari butkul boshqacha ko'rinish oladi", - deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida.
Eslatib o'tamiz, Eronning "SHahr Xodro" va "Istiqlol" klublari pley-offda ishtirok etishlari, "Persepolis" va "Sepaxon" esa guruh bosqichida qatnashishlar lozim.
Oxirgi ikki mavsumda Eron va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi ziddiyat tufayli ushbu davlat klublari o'rtasidagi o'yinlar neytral maydonlarda o'tkazib kelinayotgan edi. 2020 yilda Eron Saudiya Arabistoni klublariga qarshi uy o'yinlarini O'zbekistonda o'tkazmoqchi ekanligi haqida tasdiqlanmagan xabarlar ham chiqqan edi. 
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar