Eron JCH saralash o'yinlarida ishtirok etadigan tarkibni elon qildi
25 may 2021 22:07
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/639174_original.jpg)
![](/upload/storage/639174_220.jpg)
Eron JCH saralash o'yinlarida ishtirok etadigan tarkibni elon qildi
Terma jamoa ustozi Dragan Skochich JCH saralash bosqichining qoldirilgan o'yinlari uchun tarkibni malum qildi. Ro'yxatdan 26 nafar futbolchi o'rin olgan.
Darvozabonlar: Alirizo Beyranvand, Payam Niyazmand, Amir Obidzoda, Muhammadrizo Akbari.
Himoyachilar: SHoja Xalilzoda, Muhammadhussayn Kanaanizadegan, Mortaza Puraliganji, Majid Hosseyni, Sadeg Moharrami, Milad Mohammadi, Jafar Salmani.
Yarim himoyachilar: Haji Ehsan Safi, Saed Ezatolahi, Alirizo Jahonbaxsh, Ahmad Nurullohi, Kamal Kamyabinia, Vahdi Amiri, Danial Esmaelifiar, Saman Goddos, Mehdi Torabi.
Hujumchilar: Mehdi Taremi, Sardor Azmun, Kaveh Rizoyi, Karim Ansarifad, Ali Golizade, Mehdi Gaedi.
Eron terma jamoasi 31 mayga qadar o'z uyida mashg'ulotlarni olib boradi va so'ngra Bahraynga yo'l oladi. Forslar 3-15 iyun oralig'ida 4ta rasmiy bellashuvda maydonga tushadilar. Raqiblari: Gonkong, Bahrayn, Kambodja va Iroq.
Hozirgi paytda ushbu terma jamoa 6 ochko bilan 3-o'rinda boryapti. Iroq esa 11 ochko bilan birinchi o'rinni, Bahrayn 9 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar