Eron hukumati "Fulad"ning to'rt nafar futbolchisini klubga qaytardi
16 mar 2015 13:44
Yangiliklar
Eron hukumati "Fulad"ning to'rt nafar futbolchisini klubga qaytardi
Osiyo chempionlar ligasida "Lokomotiv" bilan bir guruhda kurash olib borayotgan "Fulad" safiga harbiy xizmatni o'tayotgan to'rt nafar futbolchi qaytib keldi.
Gap shundaki, Eronda har bir yigitning harbiy xizmatga borishi majburiy hisoblanadi va bu haqda hukumatning tegishli qarori bor. Aynan ushbu qarorga muvofiq "Fulad" klubidan to'rt nafar futbolchi - Baxtiyor Rahmoni, Sorush Saedi, Sorush Rafei va SHahab Karami harbiy xizmatga jo'nab ketgandi. Biroq mamlakat hukumati bu futbolchilarning yana jamoaga qaytib, OCHLda "Fulad"ga yordam berishiga ruxsat berdi. Endi bu o'yinchilar bemalol OCHLning keyingi bahslarida maydonga tushishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, "Fulad" dastlabki ikki turdan so'ng 3-o'rinda bormoqda va bu jamoa navbatdagi turni o'z maydonida "Al Hilol"ga qarshi o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, "Fulad" dastlabki ikki turdan so'ng 3-o'rinda bormoqda va bu jamoa navbatdagi turni o'z maydonida "Al Hilol"ga qarshi o'tkazadi.
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar