So’nggi yangiliklar

19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  11 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  2 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  9 16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  17 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0

Eron chempionati VAR yo'qligidan aziyat chekmoqda Yangiliklar

Eron chempionati VAR yo'qligidan aziyat chekmoqda

Bilasiz, Eron milliy chempionati Osiyodagi eng kuchli chempionatlardan biri hisoblanadi.

Mahalliy saytlardan birida yozilishicha, Eron chempionatida VAR texnologiyasidan foydalanishning allaqachon vaqti kelgan, biroq nimadir sabab bo'lib doim ish paysalga solinyapti. Natijada juda ko'p jamoalar VAR yo'qligi sabab hakamlarning jiddiy xatolaridan aziyat chekmoqda. 

Masalan, "Istiqlol" - "Persepolis" bahsining 3-daqiqasidayoq hakam "Persepolis" darvozasiga penalti belgilashi kerak edi, lekin unday bo'lmadi. Bu hol "Istiqlol" murabbiylarining noroziligiga sabab bo'ldi. O'z navbatida "Persepolis" rahbariyati ham uchrashuv hakami Mohamadreza Akbarianning bazi qarorlariga noroziligini bildirdi.

Eron chempionatida klublarning hakamlardan noroziligi birinchi bor kuzatilayotgani yo'q. Deyarli har turdan so'ng kimdir hakamlarni tanqid qilib chiqmoqda. Bu haqda sobiq hakam Navid Mozafari shunday dedi:

"Avvalo shuni aytish kerak, VAR katta byudjetli texnologiya hisoblanadi. VAR bilan ishlash uchun hakamlarni ham alohida o'qitish kerak. Lekin men VAR kelib hakamlarga bo'layotgan bosim yo'qoladi deb o'ylamayman, chunki bizda hakamni tanqid qilish madaniyati yillar davomida shakllanib qolgan va bundan birdaniga voz kechish qiyin. Siz eronlik futbolchilar va murabbiylar VARning ishidan to'liq qoniqadi deb hisoblaysizmi? Men esa yo'q". 

"Yana bir bor qaytarib aytaman, VAR bizga kerak. Lekin menga aytishlaricha, VAR texnologiyasining bir mavsum ishlab berishi uchun 6,2 million dollar pul kerak bo'ladi. Xo'sh, bu pullarni kim to'laydi? Biz avvalo futbolga bo'lgan qarashni o'zgartirishimiz lozim, murabbiylar mag'lubiyatdan so'ng aybni hadeb hakamlarga ag'daverishni bas qilishlari kerak, shundagina nimadir o'zgarish bo'ladi. CHunki ayb faqat hakamlarda emas. Ishoning, VAR kelib ham baribir hakamlar ishi muhokama qilinaveradi", - deydi sobiq hakam Navid Mozafari. 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика